Oʻzbekistonda ekstremal turizm rivojlantiriladi

Saqlash
09:06 / 04.06.2024 688 0

Oʻzbekistonda ekstremal turizm rivojlantiriladi.

 

Maʼlum boʻlishicha, bu yil oʻtkazilgan “Boysun bahori” xalqaro etno-festivali natijasida Surxondaryoda sayyohlar oqimi 4 karra koʻpaygan. Bu esa mazkur turdagi turizm tarmoqlarini kengaytirish kerakligini koʻrsatadi.

 

Bundan tashqari, yoshlarning ekstremal turizmga qiziqishi yildan-yilga oshmoqda. Aynan mana shu talabni qondirish uchun Boʻstonliq, Parkent va Aydarkoʻlda imkoniyatlar yetarli.

 

Moʻynoqda ham parashyut bilan sakrash va havo dayvingi ekstremal turizmini rivojlantirish mumkin. Buning uchun alohida havo hududi boʻlishi kerak.

 

Kunikecha Prezident rahbarligida oʻtgan videoselektor yigʻilishida mutasaddilarga ekstremal turizmni rivojlantirish dasturini qabul qilishga topshiriq berildi. Bu esa endi mazkur turdagi turizm mamlakatimizda ham rivojlanishini anglatadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//