Endi anʼanaviy festivallarning doimiy aniq sanalari belgilab qoʻyiladi

Saqlash
17:06 / 05.06.2024 371 0

Turizm sohasi yaxshi rivojlangan koʻplab mamlakatlarda anʼanaviy festivallar doimiy bir vaqtda oʻtkazib kelinadi.

 

Bizda esa bu kabi festivallarning aniq vaqti maʼlum qilinmaganligi ham sayyohlar oqimiga salbiy taʼsir qilib kelmoqda. Sababi, ular oʻz turizm marshrutlari yoʻnalishini belgilashda ana shunday festival sanalariga alohida eʼtibor qaratishadi. Aniq belgilanmagan kunlar esa ularni chalgʻitadi.

 

Endilikda yurtimizda oʻtkaziladigan anʼanaviy festivallarning ham doimiy aniq sanalari belgilanadi. Joriy yilning 3-iyun kuni Prezident raisligida oʻtgan turizm sohasiga oid videoselektor yigʻilishida ana shu masala ham koʻrib chiqilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//