Ispaniyadagi Disfrutar restorani dunyodagi eng yaxshi ovqatlanish maskani deb topildi

Saqlash
17:06 / 06.06.2024 285 0

Barselonada joylashgan va bu yil oʻzining 10 yilligini nishonlayotgan Disfrutar restorani Britaniyaning The Restaurant jurnali tomonidan tuzilgan “Dunyoning eng yaxshi 50 restorani” reytingida birinchi oʻrinni egalladi.

 

Kataloniyalik uch oshpaz tarafdan ochilgan bu restoran uchta Mishlen yulduziga ega.

 

Ikkinchi oʻrinni ham ispan restorani Asador Extebarri band qilgan. Fransiyaning Table restorani uchinchi boʻlgan.

 

The Restaurant jurnali 2002-yildan beri dunyo restoranlari jadvalini tuzib keladi. Roʻyxat turli mamlakatlardan kelgan mingdan ortiq oshpazlar, restavratorlar va tanqidchilarning fikrlari asosida shakllantiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//