Endi elektromobilni xonadonda zaryadlaydigan fuqarolar ragʻbatlantiriladi

Saqlash
18:06 / 10.06.2024 254 0

Prezident raisligida oʻtayotgan yigʻilishda elektr tizimini rivojlantirishda yangi zaryadlash quvvatlarini hisobga olish zarurligi taʼkidlandi.

 

Jumladan, endilikda elektromobilni xonadonda quvvatlashni ragʻbatlantiradigan tungi tarif joriy qilinadi.

 

Bunda quvvatlash uskunasiga hisoblagich oʻrnatgan aholiga tungi vaqtda quvvatlaganlik uchun arzon tarif qoʻllanadi.

 

Shuningdek, endi koʻchalar, koʻp qavatli uylar atrofida 22 kilovattgacha, xonadonda 7 kilovattgacha zaryadlash stansiyasi oʻrnatish mumkin boʻladi.

 

Davlat tashkilotlari, savdo markazi, mehmonxona va dam olish maskanlari avtoturargohida quvvatlash stansiyasi oʻrnatiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//