Oʻzbekistonning eng qimmat futbolchisi qancha maosh oladi?

Saqlash
11:06 / 12.06.2024 734 0

Xabaringiz bor, ayni vaqtda Oʻzbekiston terma jamoasida eng qimmat futbolchi Abbosbek Fayzullayev hisoblanadi.

 

“SSKA” yarim himoyachisi bu borada “Roma” klubi hujumchisi boʻlgan Eldor Shomurodovni ham ortda qoldirgan.

 

Hozirda uning narxi 6 mln yevro.

 

Fayzullayev oyligi haqidagi savolga javob berar ekan, shunday deydi:

 

“Shartnoma boʻyicha bizda oylik maoshimni aytishim mumkin emas. Oylik xarajatlarimga oʻrtacha 4-5 ming dollar sarflayman. Moskvada yashash qimmatroq. Oyligimning asosiy qismini oilamga beraman. Ozrogʻini oʻzimga olib qolaman”.

 

Shu tarzda 21 yoshli oʻzbek futbolchisi oʻzining hozirda olayotgan oyligini ochiqlamagan.

 

Biroq Fayzullayev “Paxtakor”da qancha maosh olganini aytgan.

 

“Paxtakorda 12 yarim million, shu atrofda oylik olganman. Oʻsha vaqti 17-18 yoshda edim”, degan u.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//