Oʻzbekistonlik sportchilar Ginnes rekordlar kitobiga kirdi

Saqlash
18:06 / 13.06.2024 655 0

Toshkent aeroportida mahalliy sportchilar Ginnes rekordini oʻrnatdi.

 

Xabarga koʻra, 15-may kuni Toshkent xalqaro aeroportida olti nafar oʻzbekistonlik sportchi 13 500 tonna boʻlgan samolyotni 46,7 soniyada 100 metr masofaga tortib borgan.

 

Maʼlumot uchun, bu yoʻnalish boʻyicha oldingi rekord 60 soniya boʻlgan.

 

Rekordning yangilanishi Ginnes rekordlar kitobi komissari Mbali Masechaba Nkosi xonim guvohligida bajarilgan.

 

 

Mazkur natija bilan oʻzbekistonlik sportchilar Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan.

 

Qayd etilishicha, rekord birinchi urinishdayoq oʻrnatilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//