Nigʻmatilla Yoʻldoshev ikkinchi muddatga bosh prokuror lavozimiga tasdiqlandi

Saqlash
14:06 / 21.06.2024 276 0

Bugun, 21-iyun boʻlib oʻtgan Senatning ellik uchinchi yalpi majlisida bosh prokuror lavozimiga nomzod koʻrib chiqildi.

 

Maʼlum boʻlishicha, senatorlar Nigʻmatilla Yoʻldoshevni bir ovozdan bosh prokuror lavozimiga maʼqullagan. Ovoz berish jarayonida qarshilar va betaraflar boʻlmagan.

 

Shu hisobda, Nigʻmatilla Toʻlqinovich Yoʻldoshev ikkinchi muddatga bosh prokuror lavozimiga tasdiqlandi.

 

Maʼlumot uchun, Yoʻldoshev 2019-yil 20-iyunda Oʻzbekiston bosh prokurori etib tayinlangan edi.

 

Taʼkidlash lozim, Oʻzbekistonda bosh prokurorning vakolat muddati 5 yil etib belgilangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//