Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasidagi TOP-10 davlat qaysi?

Saqlash
17:06 / 21.06.2024 358 0

2024-yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston jahonning 186 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib, tashqi savdo aylanmasi hajmini 26,7 mlrd dollarga yetkazgan. Bu haqida Statistika agentligi maʼlum qildi.

 

Raqamlarga koʻra, mamlakatimiz tashqi savdo aylanmasining salmoqli hissasi Xitoy (18,9 foiz), Rossiya (17,9 foiz), Qozogʻiston (5,9 foiz), Turkiya (4,5 foiz) va Koreya Respublikasida (3,4 foiz) qayd etilgan.

 

Oʻzbekiston oʻtgan 5 oyda 10,8 mlrd dollarlik mahsulot eksport qilgan. Shuningdek, 15,9 mlrd dollarning mahsulot importini amalga oshirgan.

 

Quyida Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasidagi TOP-10 davlat keltirilgan:

◻️ Xitoy – 5,1 mlrd;

◻️ Rossiya – 4,8 mlrd;

◻️ Qozogʻiston – 1,6 mlrd;

◻️ Turkiya – 1,2 mlrd;

◻️ Koreya – 921 mln;

◻️ Fransiya – 471,4 mln;

◻️ Turkmaniston – 455,5 mln;

◻️ Germaniya – 427 mln;

◻️ AQSh – 386 mln;

◻️ Afgʻoniston – 383 mln;

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//