Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinga chuqur hamdardlik bildirdi

Saqlash
09:06 / 24.06.2024 2668 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Darband va Mahachqala shaharlarida sodir etilgan terrorchilik harakatlari oqibatida koʻplab huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari va fuqarolar qurbon boʻlgani munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga maktub yoʻllab, chuqur hamdardlik bildirdi.

 

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Dogʻistondagi terrorchilik hujumlarini qatʼiy qoralagan hamda ushbu tahdidlarga qarshi kurashda tegishli tuzilmalarning faol hamkorligini davom ettirishga tayyorligini maʼlum qilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//