Pastdargʻom tumani hokimi oʻzgardi

Saqlash
11:06 / 26.06.2024 300 0

Pastdargʻom tumani hokimligida oʻtkazilgan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Raxmanov Sherzod Shuxratovich nomzodi Pastdargʻom tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

 

Maʼlum boʻlishicha, 2023-yildan buyon tumanga rahbarlik qilgan Murotqobilov Vahobjon Abdugʻaniyevich oʻz arizasiga koʻra tuman hokimi lavozimidan ozod etilgan.

 

Sherzod Raxmanov 1991-yilda Samarqand viloyati Narpay tumanida tugʻilgan. 2012-yilda Samarqand iqtisodiyot va servis institutini tamomlagan.

 

2017–2020-yillarda Samarqand viloyati Narpay tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari boʻlib ishlagan.

 

Raxmanov yangi lavozimgacha Narpay tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi(2020-yildan beri).

 

Oldinroq Narpay tumaniga yangi hokim tayinlangani haqida xabar berilgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//