Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov jiyani uchun xalqdan uzr soʻradi

Saqlash
13:06 / 26.06.2024 1048 0

Qirgʻiziston Prezidenti Kabar agentligiga bergan navbatdagi intervyusida jiyaniga qilingan dabdabali nikoh taklifi boʻyicha munosabat bildirib, aholidan uzr soʻradi.

 

Jurnalist Prezidentning oʻzi aholidan isrofgarchilikni bas qilishni soʻrayotgan bir vaqtda, uning jiyaniga oʻta dabdabali nikoh taklifi boʻlgani va bu holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab boʻlganini aytadi. “Foydalanuvchilar Prezidentning qarindoshlari aholiga oʻrnak boʻlishi kerakligi haqida koʻp izoh qoldirgan. Bunga nima deysiz?” – deydi. Japarov bunga javoban:

 

 

“Ha, siz haqsiz! Mamlakat Prezidentining yaqinlari boshqalar uchun namuna boʻlishi kerak. Men isrofgarchilikni toʻxtatish kerakligi haqida tez-tez taʼkidlayman. Hech boʻlmaganda, boʻlajak kuyov bunday Meryy me qilishdan avval, meni tushunib, qoʻllashi mumkin edi. U tanqidlarga sababchi boʻlib qolmaslikka harakat qilishi kerak edi. Oʻylaymanki, u yoshlik qilib qoʻydi. U shunchaki kelib, qizning qoʻlini oddiy tarzda soʻraganida edi, rad etilmasdi”, – deydi.

 

Jurnalist shuningdek, uning yaqinlari shaxsiy hayotini ommaga koʻrsatish boʻyicha ham Prezident bilan maslahatlashishi yoki yoʻqligini soʻradi. Chunki avvalroq Japarovning jiyani Lazzat Nurgojoyeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga oʻzining avtomobili va ish joyining rasmini joylagan.

 

Japarov boshqalarni qilgan tanqidi oʻziga qaytganini aytib, jiyani uchun aholidan uzr soʻraydi:

 

“Albatta, men oʻz yaqinlarimga qattiq talab qoʻyaman. Men doim ularni oʻtmishdagi xatolarni takrorlamaslikka va davlat ishlariga aralashmaslikka chaqiraman. Men bunga yoʻl qoʻymayman. Avval men boshqalarni tanqid qilardim, endi bu oʻzimga qaytdi. Jiyanim uchun xalqdan uzr soʻrayman. U ham odamlarning fikriga quloq soladi. Lazzat bu ishdan toʻgʻri xulosa chiqarishiga ishonaman. Qolaversa, u oʻzining yangi turmush tarzini boshlash, oila qurish arafasida. Umid qilamanki, Lazzet kelgusidagi barcha qarorlarida aql bilan yoʻl tutadi”.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//