BMT Bosh kotibi Oliy Majlis Senatida boʻldi

Saqlash
14:07 / 01.07.2024 263 0

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻlib turgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish bugun, 1-iyul kuni Oliy Majlis Senatida boʻldi.

 

Xabarga koʻra, uchrashuvda Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bilan bogʻliq, jumladan, gender tengligini taʼminlash masalalari muhokama qilingan.

 

Shuningdek, Oʻzbekiston tashabbuslarini xalqaro maydonda ilgari surish, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda mintaqaviy hamkorlikni kengaytirishga doir aniq takliflarni qoʻllab-quvvatlashda BMT bilan olib boriladigan konstruktiv hamkorlik masalasi ham uchrashuv mavzusi boʻlgan.

 

Yigʻilish yakunida BMT Bosh kotibi Oliy Majlis Senatining Faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozib qoldirgan.

 

 

Oldinroq Antoniu Guterrish Oʻzbekistonga kelgani haqida xabar berilgan edi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//