Buxoroda voyaga yetmagan yoshlarning toʻyi boʻlib oʻtdi

Saqlash
15:07 / 01.07.2024 911 0

29-iyun kuni Buxoro viloyatida voyaga yetmagan yoshlarning toʻyi boʻlib oʻtdi.

 

Maʼlum boʻlishicha, kuyov Shofirkon tumanidan boʻlib, yoshi 16 da (2008-yil) Kelin esa 2007-yilda Qorakoʻl tumanida tugʻilgan (17 yosh).

 

 

Toʻy Buxoro shahardagi “Fathobod” marosimlar uyida oʻtkazilgan.

 

Hozirda Bolalar ombudsmani hamda ichki ishlar organlari tomonidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

 

Maʼlumot oʻrnida, nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilangan. Bu Oila kodeksining 15-moddasida belgilab koʻrsatilgan.

 

Biroq, uzrli sabablar boʻlganida, alohida hollarda, yaʼni homiladorlik, bola tugʻilishi, voyaga yetmagan shaxsning toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilinishi (emansipatsiya), nikohga kirishni xohlovchilarning iltimosiga koʻra tuman, shahar hokimi nikoh yoshini koʻpi bilan 1 yilga kamaytirishi mumkin.

 

Agar yuqoridagi uzrli holat boʻlmasa va tartib buzilgan boʻlsa, MjtKning 47-3-moddasi 2-qismi bilan ota-ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga jarima solinadi.

 

Bunda nikoh yoshiga yetmagan shaxsni erga bergan yoxud uylantirgan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda (2 mln 380 ming soʻmdan 5 mln 100 ming soʻmgacha) jarima jazosi tayinlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//