Prezident maktablariga kirish imtihonlari qachon boshlanishi maʼlum boʻldi

Saqlash
09:07 / 03.07.2024 433 0

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi 7-iyul kuni boshlanadi.

 

Imtihon vaqti va manzili haqidagi maʼlumot talabgorning telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali maʼlum qilinadi. Bunda ular telefon raqamlarini ariza.piima.uz saytiga kiritilgan boʻlishi lozim.

 

Kirish imtihonlarining birinchi bosqichi matematika fanidan oʻtkaziladi.

 

Unda 30 ta topshiriq test shaklida beriladi.

 

Oʻquvchilar 60 daqiqa ichida ushbu topshiriqlarni bajarishi lozim.

 

Eslatma! Mazkur vaqtdan tashqari, talabgorlarga kirish imtihonining javoblar varagʻini belgilash uchun qoʻshimcha vaqt berilmaydi.

 

Maʼlumot uchun, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining imtihonlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi.

 

“Prezident maktablarining kirish imtihonlari ikkinchi bosqichining sanasi va vaqti haqida qoʻshimcha maʼlumot beramiz”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//