“Osmonda qora bulut, Fargʻona xavfli hudud”. Bir guruh yoshlar javobgarlikka tortildi

Saqlash
10:07 / 03.07.2024 690 0

Ijtimoiy tarmoqlarda tomosha koʻrsatgan shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

 

Maʼlum boʻlishicha, 1994-yilda Quva tumanida tugʻilgan Fargʻona shahar “Shifokorlar” koʻchasida yashovchi shaxs oʻzining Instagram sahifasida “Shoqollar” sarlavhasi ostida zoʻravonlikni targʻib qiluvchi bir nechta videomaterillarni joylashtirgan.

 

Shundan videokontentlardan birida “Osmonda qora bulut, Fargʻona xavfli hudud” deyiladi.

 

Mazkur holat yuzasidan ushbu shaxsga nisbatan MjtKning 189-prim 1-moddasi tartibida hujjatlar rasmiylashtirilgan.

 

Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

“Bilib-bilmasdan xato ish qilib qoʻydik. Chin yuragimizdan pushaymonmiz. Iltimos, boshlayotgan har bir ishlaringizni, har bir gaplaringizni oʻylab koʻrib, fikrlab turib, maslahatlashib turib, video olinglar, video chiqaringlar. Biz qilgan ishimizdan afsusdamiz. Ming bor uzr soʻrayman. kechiringlar”, deydi yoshlardan biri.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//