Oʻtkazgichdagi nosozlik sabab Yunusobodning ayrim koʻchalarini suv bosdi

Saqlash
10:07 / 03.07.2024 245 0

Yunusobod tumanidagi “Moyqoʻrgʻon” koʻchasi va “Qoraqamish” koʻchalari kesishmasida joylashgan D1200mm katta suv oʻtkazgich tarmogʻida nosozlik vujudga keldi.

 

Natijada, tumandagi ayrim koʻchalarni suv boshgan.

 

Xabarga koʻra, nosozlik tufayli Yunusobod tumanidagi Tiklanish mahallasi 1,2,3,4,5,6-tor koʻchalari, “Gʻishtqoʻrgʻon” koʻchalari, “Astrabod” mahallasi, “Turkiston, “Sobirobod” mahallalarida, Zenit zavodi, Prokuratura akademiyasi, Pivo zavodida suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.

 

“Tezkor avariya jamoalari nosozlikni bartaraf etish choralarini koʻrishmoqda”, deyiladi xabarda.

 

Maʼlumot uchun, suvsiz qolgan manzillarga maxsus texnikalarda suv yetkaziladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//