Endi yoʻldagi noqonuniy qazish ishlari haqida xabar berganlar mukofotlanadi

Saqlash
12:07 / 03.07.2024 263 0

Prezident Qarori bilan, joriy yilning 1-sentyabridan boshlab har qanday yuridik shaxs tomonidan yoʻllar, trotuarlar va boshqa yoʻl infratuzilmasi obyektlarida qurilish ishlarini olib borish faqatgina tegishli ruxsatnoma olingandan soʻng amalga oshiriladi.

 

Shuningdek, yoʻl obyektini har qanday koʻrinishda taʼmirlash, buzish, qazish, oʻzgartirish yoki rekonstruksiya qilish ishlariga ham faqatgina ruxsatnoma olingandan keyingina yoʻl qoʻyiladi.

 

Ruxsatnoma olmasdan yoʻl obyektida qurilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirganlik yoki yoʻl obyektining avvalgi holatini tiklash boʻyicha majburiyatni bajarmaslik holati boʻyicha huquqbuzarlik aniqlanishida faol yordam koʻrsatgan shaxslarga undirilgan jarimaning 50 foizi miqdorida mukofot puli beriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//