Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasining Qoraqalpogʻiston boʻlimi raisi vafot etdi

Saqlash
14:07 / 03.07.2024 298 0

Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasining Qoraqalpogʻiston boʻlimi raisi, jurnalist Kengesbay Reymov vafot etdi.

 

Reymov 1958-yilda Kegeyli tumanida tugʻilgan.

 

1980-yilda Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan.

 

U Oʻzbekiston yoshlarining Qoraqalpogʻiston qoʻmitasida maʼruzachilar guruhi rahbari, 1991-1994 yillarda “Erkin Qoraqalpogʻiston” gazetasida muharrir oʻrinbosari hamda bosh muharrir boʻlib ishlagan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//