Prezident Qozogʻistonga joʻnab ketdi

Saqlash
15:07 / 03.07.2024 295 0

Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonga joʻnab ketdi.

 

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti u yerda Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va “SHHT plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etadi.

 

Kengash majlisi bugun, 3-iyul kuni boshlanadi.

 

Tadbirlarda SHHT doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va tashkilot faoliyatini takomillashtirishning dolzarb masalalari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy hamkorlikning muhim jihatlari muhokama qilinadi.

 

Shavkat Mirziyoyev xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham oʻtkazadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//