Oʻzbekistonlik olimpiachilar libosi taqdim qilindi

Saqlash
17:07 / 03.07.2024 338 0

Oʻzbekiston olimpia terma jamoasining libosi taqdim etildi.

 

Maʼlum boʻlishicha, sportchilar 7Saber brendi ostidagi formada qatnashadi.

 

“Kiyimlar Dri fit texnologiyasi boʻyicha ishlangan matolardan tayyorlangan boʻlib, bu mahsulotlarga alohida mustahkamlik va bosim paytida namlikni yuza boʻylab tarqatish hamda shimmasdan bugʻlantirish imkonini beradi”, deya maʼlum qilgan brend vakillari.

 

Taʼkidlanishicha, Oltin elementlari bilan ifodalangan oq zumrad ranglarning bazaviy kombinatsiyasi ham sport, ham parad ekipirovkalari hayotiylik va ochiqlikni, shuningdek, gʻalabaga intilish va irodani anglatadi.

 

Libos Oʻzbekistonning tarixiy arxitekturasidan ilhomlangan holda, yaʼni fraktal mozaikalar bilan bezatilgan. Ekipirovkaning markaziy elementi esa arka hisoblandi.

 

Foto

 

Oldinroq Parij-2024 Olimpiadasida gʻolib boʻlganlarga qancha pul mukofoti berilishi xabar qilingandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//