Yarim tayyor lagʻmonlar urologik kasalliklar keltirib chiqaradi

Saqlash
11:07 / 09.07.2024 369 0

Yarim tayyor lagʻmonlar urologik kasalliklar eng katta sababchisi hisoblanadi.

 

Urolog javohir Allayorovning maʼlum qilishicha, tez tayyor boʻluvchi lagʻmonlarning (lapsha) tarkibida 4 gr ga yaqin tuz, 62 gr uglevod, bundan tashqari, arzimagan miqdordagi, yaʼni, 7-9 gr ga yaqin oqsil mavjud.

 

Bunday mahsulotlar quruq “xashak” kabi boʻlib, organizmga hech qanday naf bermaydi.

 

Mazkur turdagi yarim tayyor ovqatlar qon bosimining koʻtarilishi, siydik-tosh kasalliklari paydo boʻlishiga olib keladi. Shuningdek, infarkt, insult xavfini oshiradi.

 

“Ayniqsa, uglevodlarning koʻpligi qandli diabet hamda semirishga olib keladi va bu testosteron miqdorining tushishiga sabab boʻladi”, deydi urolog.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//