Endi aksariyat poyezd qatnovlari “Toshkent-Janubiy” vokzali orqali amalga oshiriladi

Saqlash
10:07 / 10.07.2024 277 0

“Toshkent-Markaziy” (Shimoliy) vokzali orqali harakatlanuvchi aksariyat poyezdlar 15-iyuldan 15-avgustgacha “Toshkent-Janubiy” vokzaldan qatnovni amalga oshiradi.

 

Maʼlum boʻlishicha, bu “Toʻqimachi” hamda “Toshkent yoʻlovchi” bekatlari oraligʻidagi temir yoʻlda taʼmirlash ishlari olib borilishi bilan bogʻliq.

 

Faqatgina quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha poyezdlar Shimoliy (Markaziy) vokzaldan joʻnaydi:

▪️ “Olma-ota–Toshkent–Olma-ota” (yoʻlovchi poyezd);

▪️ “Toshkent–Novosibirsk–Toshkent” (yoʻlovchi poyezd);

▪️ “Toshkent–Samara–Toshkent” (yoʻlovchi poyezd);

▪️ “Toshkent–Hojikent–Toshkent” (shaharlararo poyezd);

 

Qolgan barcha poyezdlar 1 oy davomida Janubiy vokzaldan qatnaydi. Jumladan:

▪️  Afrosiyob” elektropoyezdlari;

▪️ “Sharq”, “Nasaf” yoʻlovchi poyezdlari;

▪️ “Toshkent–Andijon–Toshkent” (yoʻlovchi poyezd);

▪️ “Toshkent–Volgograd–Toshkent” (yoʻlovchi poyezd);

▪️ “Dushanbe–Toshkent–Dushanbe” (yoʻlovchi poyezd).

 

Maʼlumot uchun, bir oy mobaynida “Toshkent-Markaziy” vokzalidagi chiptaxonalardan poyezd joʻnashidan oldin chipta xarid qilgan yoki yanglishib Markaziy vokzalga kelib qolgan yoʻlovchilarni “Toshkent-Janubiy” vokzalga olib borish uchun vaqtincha bepul avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//