"Vatan taraqqiyotiga mening hissam!" Respublika tanlovi eʼlon qilindi

17:07 / 28.07.2023 5594
Saqlash

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati va hamkor tashkilotlar ishtirokida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam!" Respublika tanlovini eʼlon qildi.

Tanlovga quyidagi yoʻnalishlarda arizalar qabul qilinadi:

- Arxitektura: interyer va landshaft dizayni;

- Axborot texnologiyalari: Veb ishlanmalar, Dasturiy taʼminot, ratsionalizatorlik takliflar va texnik ishlanmalar;

- Tasviriy va amaliy sanʼat;

- Adabiyot: nazm va nasr;

- Milliy maqom va estrada.

Tanlovga arizalar joriy yilning 25-avgust kuniga qadar qabul qilinadi. Tanlovning hududiy bosqichi 2023-yilning sentyabr oyi, Respublika bosqichi oktyabr oyida oʻtkaziladi.

Arizalar Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining hududiy boʻlimlari tomonidan qabul qilinadi.

Shuningdek, tanlovga 15 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻz loyihalari bilan faol ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov gʻoliblari diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Batafsil maʼlumotlarni www.marifat-ziyo.uz sayti, shuningdek, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining hududiy boʻlimlaridan olishingiz mumkin.

Murojaat uchun telefon: + 99 871 207 57 00

5 Izohlar

Shukurulloh Nabijonov

15:08 / 13.08.2023

Men hozirda FrontEnd dasturlash yónalishini tamomladim va shu yónalishda kichik web site lar tayyorladim.Sizlarga katta rahmat yoshlarni óz yónalishida Katta katta proectlar tayyorlashiga, kelajakda katta ITshnik bólishiga yordam berayabsizlar.Bu tanlovda hammaga omad tilayman

Zohidbek Zamonov

10:08 / 13.08.2023

Tanlov haqida yaqindan tanishib chiqdim va bu menga judayam yoʻqdi. Tanlovda oʻz soham adabiyot yoʻnalishi boʻyicha ishtirok etib, yaxshi natijalarga erishmoqchiman.

Zulayho

04:08 / 13.08.2023

Tasviriy sanʼat bu -- dunyoni anglash uchun, tasvir boʻlmasa inson 0 ga teng.

Intizor

03:08 / 13.08.2023

Ochiğini aytganda ilm- ma'rifatni yoshligimdan yaxshi kóraman. Shuningdek hayotda ma'rifatli inson sifatida ilm-ma'rifat tarğibotchisi bólishni juda hohlayman. Shu vaqtgacha qólimdan kelganicha ilm órganib,kóplab yutuqlarga erishib kelyapman. Ishonamanki,agarda bu tanlovda qatnashib, oliy órin olsam bu kelajagim uchun qóyilgan muhim poydevor deb hisoblayman

Shahnozabonu

03:08 / 11.08.2023

Tanlov juda zoʻr tashkil qilingan.Yoshlarni qoʻllab -quvvatlab,ularning bilimini baholashning yaxshi usuli ishlab chiqarilgan

Izoh qoldirish