"Vatan taraqqiyotiga mening hissam!" Respublika tanlovi eʼlon qilindi

17:07 / 28.07.2023 5595
Saqlash

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati va hamkor tashkilotlar ishtirokida “Vatan taraqqiyotiga mening hissam!" Respublika tanlovini eʼlon qildi.

Tanlovga quyidagi yoʻnalishlarda arizalar qabul qilinadi:

- Arxitektura: interyer va landshaft dizayni;

- Axborot texnologiyalari: Veb ishlanmalar, Dasturiy taʼminot, ratsionalizatorlik takliflar va texnik ishlanmalar;

- Tasviriy va amaliy sanʼat;

- Adabiyot: nazm va nasr;

- Milliy maqom va estrada.

Tanlovga arizalar joriy yilning 25-avgust kuniga qadar qabul qilinadi. Tanlovning hududiy bosqichi 2023-yilning sentyabr oyi, Respublika bosqichi oktyabr oyida oʻtkaziladi.

Arizalar Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining hududiy boʻlimlari tomonidan qabul qilinadi.

Shuningdek, tanlovga 15 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻz loyihalari bilan faol ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov gʻoliblari diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Batafsil maʼlumotlarni www.marifat-ziyo.uz sayti, shuningdek, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining hududiy boʻlimlaridan olishingiz mumkin.

Murojaat uchun telefon: + 99 871 207 57 00

5 Izohlar

G'iyosjon Nizomov

22:08 / 08.08.2023

Yurtimiz xududidagi 19-20 asr memoriy obidalarini saqlash qayta rekonstruksiya qilish turistik marshrutlarga qo'shish va shaxarnini rivojlanish bosqichlari sifatida ko'rsatib berish.

ismatullaeva marjona

16:08 / 05.08.2023

nazim va nasir qõshib tanlansa yoki ikkala yõnalishga barobar ishtirok etsa bõlardi

Ğofurova San'atxon Akmaljon qizi

14:08 / 04.08.2023

Bu tanlov biz yoshlarning iqtidorini yanada namoyon qilishimizga yordam beradi.Masalan ,man arxitektura yõnalishida õz loyihalarimni amalga oshirmoqchiman

Saminov Salohiddin

19:08 / 03.08.2023

tanlovdi elon qilib zo'r qibsilar

Shahriyor

13:08 / 01.08.2023

Man She'r yozishga qiziqaman va rassomlikniyam bilaman tanlovga qatnashmoqchiman oʻylemanki man tanlov gʻolibi bolaman.

Izoh qoldirish