OTMga qancha abituriyent hujjat topshirdi?

Saqlash
11:06 / 25.06.2024 437 0

2024/2025-oʻquv yili uchun qabul bugun, 25-iyun kuni soat 23:59 da yakunlanadi.

 

24-iyun kuni, soat 18:00da taqdim qilingan maʼlumotga koʻra, OTMga hujjat topshirgan abituriyentlarning umumiy soni – 742 479 nafar.

 

Test sinovini topshirish hududi boʻyicha eng katta hajm hozir ham Toshkent shahriga toʻgʻri kelmoqda. Mazkur hududda 131 562 nafar abituriyent roʻyxatdan oʻtgan.

 

Quyida hududlar boʻyicha taqsimot keltirilgan:

◻️ Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 37 572 nafar;

◻️ Andijon viloyati – 56 298 nafar;

◻️ Buxoro viloyati – 39 489 nafar;

◻️ Fargʻona viloyati – 70 240 nafar;

◻️ Soʻx tumani – 1 625 nafar;

◻️ Jizzax viloyati – 38 939 nafar;

◻️ Namangan viloyati – 48 007 nafar;

◻️ Navoiy viloyati – 39 717 nafar;

◻️ Qashqadaryo viloyati – 74 762 nafar;

◻️ Samarqand viloyati – 77 704 nafar;

◻️ Sirdaryo viloyati – 24 638 nafar;

◻️ Surxondaryo viloyati(Termiz shahri) – 33 099 nafar;

◻️ Surxondaryo viloyati(Denov tumani) – 18 570 nafar;

◻️ Toshkent shahri – 131 562 nafar;

◻️ Xorazm viloyati – 50 257 nafar.

 

Shundan:

▪️ joriy yil bitiruvchilari – 380 583 nafar;

▪️ avvalgi yillar bitiruvchilari – 361 896 nafar.

 

Abituriyentlarning gender tarkibi boʻyicha taqsimoti:

🔘 erkaklar – 353 698 nafar;

🔘 ayollar – 388 781 nafar.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//