Oppoq qog‘oz va qora dog‘


Saqlash
20:12 / 07.12.2021 5 210669

Professor darsxonaga kirib kelishi bilanoq talabalaridan ajoyib bir testga tayyorgarlik ko‘rishlarini so‘radi. Talabalar biroz tashvishga tushgan holda test boshlanishini kutishar edi. Muallim har doimgidek test qog‘ozini orqa o‘girib tarqatib chiqdi. Talabalar test savollarini o‘qish maqsadida qog‘ozni o‘girishdi. Qog‘oz o‘rtasida bitta qora nuqtadan boshqa hech qanday topshiriq yo‘q edi. Bundan ajablangan talabalar bir-birlariga hayron qarab qolishdi.

Professor talabalarning yuzida ajablanishni ko‘rishi bilan ularga: “Men qog‘ozda nimani ko‘rayotgan bo‘lsangiz, shu haqda yozishingizni so‘rayman”, dedi. Talabalar ikkilanish bilan tushunarsiz shartni bajarishni boshladilar. Darsning oxiriga kelib, professor barchadan qog‘ozlarni yig‘ib olib, har bir talabaning yozgan javobini ular oldida ovoz chiqarib o‘qiy boshladi. Talabalarning barchasi faqatgina qora nuqta haqida, uning qog‘ozning o‘rtasida joylashgani haqida yozgan, o‘z fikrini bayon qilgan edilar.

Javoblar o‘qib bo‘lingach, oraga sukunat cho‘mdi va biroz o‘tib professor talabalarga: “Men bu javoblarga baho qo‘ymoqchi emasman. Sizlarni mulohazaga chorlamoqchiman, xolos. Hech kim o‘z javobida qog‘ozning oq qismi haqida hech narsa yozmapti. Barcha diqqat-e’tiborni qora nuqtaga qaratibdi. Afsuski xuddi shu holat bizning hayotimizda ham mavjud. Biz har doim insonlarning yomon odatlariga e’tibor beramiz, xuddi qog‘ozdagi qora nuqta kabi. Aslida qog‘ozning oq joyi qora nuqtaga qaraganda ancha darajada ko‘p. Tiriklik Xudo tarafidan bir-birimizga yordam berish, qayg‘urish uchun berilgan sovg‘a. Hayotimiz xursandchiliklarga, yaxshiliklarga, yaxshi insonlarga to‘ladir. To‘g‘ri, o‘sha qora nuqtaga ham e’tibor qaratishimiz, uni to‘g‘rilashga yordam berishimiz kerak. Lekin bu oq joylarni unutmagan holda bo‘lishi kerak. Qora nuqta esa oq joylarga nisbatan juda ham kichkina, ko‘rinmasdir”, dedi.

Mirnosir Hasanov tarjimasi

5 Izohlar

Rahmatjon

06:01 / 01.01.1970

Insonlarni qilgan yomonligidan emas qilgan yaxshiligidan eslash kerak

Javohir

06:01 / 01.01.1970

Inson hayotida qora dogʻlar boʻladi. biz ularni sabrimiz bilan yengib Ortga chekimasligimiz kerak har narsank oxiri boʻlgadek hayotimizda qora dogʻlar ham umrbod emas.

Sohibbek

06:01 / 01.01.1970

Biz dunyoga kelganimizda oq qogʻozdek qalbimiz oppoq boʻladi. Bizning qalbimizda qora dogʻning boʻlishi yoki boʻlmasligi oʻz qoʻlimizda...

Mohinabonu

06:01 / 01.01.1970

Hammaga salom haqiqatdan ham odamlar orasidagi mexr oqibat yoʻqolib qoldi .Bu dunyoda hech kim yomon boʻlib tugʻilmaydi aksincha atrofdagilarni qaltis ishga yoki yomon tushunchalari taʼsir qiladi.Doimo bu hayotda oq qogʻozdek begʻubor boʻlaylik

Charos

06:01 / 01.01.1970

Insonlar borki ular xato qilishadi beayb parvardigordir.Biz insonlar odamlarni qora joylarini ya'ni qilgan xatolarini koʻramiz ularni yaxshiliklariga etibor bermaymiz va bu biz insonlarning eng katta xatoyimiz deb bilaman

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qomus

12:07 / 25.07.2024 0 357
Sanskritchani biladigan “baxshi”

Qomus

10:07 / 19.07.2024 0 398
Musiqa

Bilasizmi?

14:07 / 11.07.2024 0 419
“Oqshom”mi, “ag‘sham”?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 210670
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 99734
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 24803
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 24341
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 18243
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 17238
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 16402
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 14615
Ommaviy madaniyat

//