Manqurt(lik)


Saqlash
10:12 / 28.12.2021 5 18235

 

MANQURT(LIK) — o‘zligini anglashdan mahrum bo‘lgan jamiyatning xususiyati; kundalik turmushda o‘z tarixini bilmaydigan, ongi past, insoniylikdan yiroq odamlarga nisbatan qo‘llanadigan tushuncha. Mustaqil fikrlashdan mahrum, itoatkor, jismoniy ehtiyojning quliga aylangan odamlar manqurt deb ataladi. Ma’lumki, ma’naviyatli shaxs jamiyat va millat ravnaqining bosh omili va poydevoridir. Shuning uchun ham muayyan millatni o‘zligidan mahrum etib, qaram qilmoqchi bo‘lgan fotihlar, avvalo, uni tilidan, tarixidan, ma’naviy qadriyatlaridan mahrum etishga uringan. Bosqinchilar millatga yot bo‘lgan an’analarni tiqishtirish orqali uning turmush tarzini, milliy o‘zligini o‘zgartirib yuborishni maqsad qilib qo‘ygan. Hozirgi davrning dolzarb muammolaridan biri o‘zligini yaxshi anglaydigan, ma’naviy barkamol avlodni, manqurtlikdan xoli bo‘lgan zamonaviy insonlarni tarbiyalashdir.

5 Izohlar

Dinara

17:04 / 28.04.2024

Juda yaxshi yozilgan ekan katta raxmat😊

Dunyo

20:04 / 22.04.2024

Chingiz Aytmatovning ,,Asrga tatigulik kun "romanida manqurt haqida juda tasirle voqiyani yozgan qiziqqanlaga ana wu kitobni oʻqiwizni tavsiya etaman

Aidayoldoshova

20:01 / 01.01.2024

Zõr. Raxmat katta

Doston

11:12 / 19.12.2023

Bo‘ladi zo‘r yozilgan ekan o‘qib chiqdim silarga ham tavsiya qilaman

Sarvinoz

10:12 / 19.12.2023

Juda zoʻr katta rahmat

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qomus

12:07 / 25.07.2024 0 332
Sanskritchani biladigan “baxshi”

Qomus

10:07 / 19.07.2024 0 393
Musiqa

Bilasizmi?

14:07 / 11.07.2024 0 419
“Oqshom”mi, “ag‘sham”?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 210659
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 99725
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 24803
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 24335
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 18236
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 17234
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 16397
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 14613
Ommaviy madaniyat

//