Manqurt(lik)


Saqlash
10:12 / 28.12.2021 4 18234

 

MANQURT(LIK) — o‘zligini anglashdan mahrum bo‘lgan jamiyatning xususiyati; kundalik turmushda o‘z tarixini bilmaydigan, ongi past, insoniylikdan yiroq odamlarga nisbatan qo‘llanadigan tushuncha. Mustaqil fikrlashdan mahrum, itoatkor, jismoniy ehtiyojning quliga aylangan odamlar manqurt deb ataladi. Ma’lumki, ma’naviyatli shaxs jamiyat va millat ravnaqining bosh omili va poydevoridir. Shuning uchun ham muayyan millatni o‘zligidan mahrum etib, qaram qilmoqchi bo‘lgan fotihlar, avvalo, uni tilidan, tarixidan, ma’naviy qadriyatlaridan mahrum etishga uringan. Bosqinchilar millatga yot bo‘lgan an’analarni tiqishtirish orqali uning turmush tarzini, milliy o‘zligini o‘zgartirib yuborishni maqsad qilib qo‘ygan. Hozirgi davrning dolzarb muammolaridan biri o‘zligini yaxshi anglaydigan, ma’naviy barkamol avlodni, manqurtlikdan xoli bo‘lgan zamonaviy insonlarni tarbiyalashdir.

4 Izohlar

farangiz

06:01 / 01.01.1970

juda tasirli chiqqan

Iroda

06:01 / 01.01.1970

Men bu manqurt haqida oqigan edim 9 sinf adabiyot fanidan asrda tatigulik kun asarida huddi wu asarda ham manqurt haqida yoziwgan

Husniddin

06:01 / 01.01.1970

Gab yoʻq karochi zor insho olgan edi foydasi tegdi

Baxodir

06:01 / 01.01.1970

Juda zor

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qomus

12:07 / 25.07.2024 0 328
Sanskritchani biladigan “baxshi”

Qomus

10:07 / 19.07.2024 0 393
Musiqa

Bilasizmi?

14:07 / 11.07.2024 0 419
“Oqshom”mi, “ag‘sham”?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 210659
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 99724
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 24803
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 24335
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 18235
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 17234
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 16396
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 14611
Ommaviy madaniyat

//