Eshikka osilgan taxtacha


Saqlash
20:12 / 02.12.2021 5 95066

 Bir kuni ko‘chada sayr qilib yurgan kishi yo‘l chetida o‘tirgan keksa odamni ko‘rib qoldi. U mo‘ysafidning qarshisiga kelib, murojaat qildi:

 

– Otaxon, ulug‘ yoshli inson ekansiz, anchagina uzoq hayot yo‘lini bosib o‘tgansiz. Shubhasiz, juda dono bo‘lsangiz kerak. Ayting-chi, mana, men yosh va kuchliman-u, ammo hech qayerdan ish topa olmayapman, o‘g‘lim giyohvandlikka berildi, qizimni ham yaxshi tarbiyalay olmayapman, ayolim esa kun bo‘yi uyda o‘tirsa ham, hech qayerga qaramaydi. Xo‘sh, men bu vaziyatda qanday yo‘l tutishim kerak? Nima qilsam, bularning hammasini o‘zgartira olaman?

 

Qariya javob berdi:

 

– Eshiging ustiga kichkinagina taxtacha osib, unga “Hamisha shunday bo‘lavermaydi” deb yozib qo‘y.

 

– Shu xolosmi? – hayron bo‘ldi erkak.

 

– Shu xolos, – javob qildi keksa kishi.

 

U uyiga borib, qariya aytgandek qildi. Bir qancha vaqt o‘tgach, uning o‘g‘li giyohvandlikni tashladi va hatto qilgan ishi gunoh ekanini tan olib, tavba qila boshladi. Qizi yosh bilan yigit bilan yaxshi ko‘rishib, oila qurdi. Ayoli ham o‘zgardi va risoladagi bekaga aylandi. Erkakning o‘zi esa serdaromad ishga joylashdi va ko‘p o‘tmay, hatto mashina sotib oldi.

 

Kunlarning birida u tanish ko‘chadan o‘tib borayotib, ikki yilcha oldin keksa mo‘ysafidni uchratgan joyida to‘xtadi. Qariya hali ham shu yerda o‘tirgandi. Erkak uning oldiga yaqinlasharkan, mashinadan tushmagan holda, uning oynasini ochib, so‘z qotdi:

 

– Ha, boboy, haliyam o‘tiribsizmi? Men bo‘lsa, ko‘rib turganingizdek, ancha narsaga erishdim. O‘g‘lim giyohvandlikni tashladi, endi u taqvoli yigit, qizim sevib, sevilib turmushga chiqdi. Ayolim ham yaxshi rafiqaga aylandi. O‘zim ishga joylashdim va endi ishxonamda martabali boshliqman. Siz esa haliyam o‘shandek o‘tiribsiz, no‘noq chol! Xo‘sh, endi menga nima deb maslahat berasiz?

 

Bu gaplardan qariyaning chehrasi o‘zgarmadi, aksincha, u suhbatdoshiga xotirjam tikilgancha, dedi:

 

– Haligi taxtacha bor edi-ku, shuni olib tashlamagin…

5 Izohlar

Odina

09:11 / 13.11.2023

Insoniyatning eng ojizlik va ahmoqligi bu kibrdir. Kibr ,manmanlik shaytonga xos illat. Bunday inson uzoqqa bormaydi.

❤️🇰🇷BTS×ARMYGIRL❤️🇰🇷SUNBULA

06:01 / 01.01.1970

Manga bu hikoya juda ham yoqdi. Bundan hamma uz xulosasini chiqardi degan umiddaman. MangaXURRAMOVA MOHICHEHRA degan qizning firk mulohazisi juda ham yoqdi. Fikrlash darajangiz juda kuchli ekan. Sizga kelajakda omad tilayman

Rushana

06:01 / 01.01.1970

Hayot bizga hech nima va'da qilmagan.Boshimizga tushayotgan narsalar ham shunchaki emas.Ba'zida to'kis,qiyinchiliklarsiz yaxshi,ba'zan qiynalib,zoriqib,ammo har qanday vaziyatda o'zimizni tuta biloshimiz kerak.Yaxshi hayotga ham,yomon hayotga ham o'rganib qolmasligimiz kerak.O'zimizga hamisha ham shunday bo'laverdi deya dalda berishimiz kerak.

Dilnavoz

06:01 / 01.01.1970

Hayot ajoyib suropirizlarga toʻla biz insonlar hayotning qandayligini va uning Asil maʼnosini umur oʻtgani sayin tushunar ekanmiz oyning 15 qorongʻu 15 yorugʻ boʻlganidek bizning hayotimizda ham qiyin va baxtli kunlarimiz bor asosiysi inson oʻzimi qanday tutishi yaxshi toʻkin sochib hayotda kobrga berilmaslik va yomon kunlarni sabr bilan boricha shukronalik tuygʻusi bilan Oʻtkazish lozim

Halimaxon

06:01 / 01.01.1970

Inson hech qachon kibrga berilmaslk kerak.sababi kibr -kishilarnng kamchiligi, nuqsonidir.Kibr odamlar òrtasida birdamlik,ahillik va muhabbatni yòq qladi,adovat uyģotadi.Kibr -odobszlik belgisi bòlib u domo qoralanadi.Kòpchilokni bi savol qiziqtiradi.Kibr nima?Kibr-inson òzining shaxsiyatiga,qobilyatiga ortiqcha baho berishòzini bowqalardan yuqori qòyishinsonlarni mensmaslik,larga past nazar bilan qarash va shu kabi narsalar. Hattoki hadislarda berilgan,"QALBIDA ZARRACHA KIBRI BOR ODAM JANNATGA KIRA OLMAYDI"

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qatra

10:04 / 15.04.2024 0 241
Onasini eng uzoq kutgan farzand

Qatra

14:04 / 08.04.2024 0 274
Toshbaqaning xatosi

Qomus

12:03 / 14.03.2024 0 370
Hushyorlik

Qomus

11:03 / 14.03.2024 0 499
Huquqiy madaniyat. Huquqiy ong. Huquqiy tarbiya

Qomus

11:03 / 14.03.2024 0 391
Hurfikrlik

Qomus

11:03 / 14.03.2024 0 408
Hurmat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 141 203664
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 95067
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 3 21174
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 0 17193
Milliy urf-odatlar

Qomus

15:07 / 28.07.2023 4 14180
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

10:12 / 28.12.2021 7 13281
Manqurt(lik)

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 11872
Xarakter

Bilasizmi?

11:11 / 08.11.2021 5 11463
Eng ko‘p uchraydigan 10 ta fobiya