Eshikka osilgan taxtacha


Saqlash
20:12 / 02.12.2021 5 96561

 Bir kuni ko‘chada sayr qilib yurgan kishi yo‘l chetida o‘tirgan keksa odamni ko‘rib qoldi. U mo‘ysafidning qarshisiga kelib, murojaat qildi:

 

– Otaxon, ulug‘ yoshli inson ekansiz, anchagina uzoq hayot yo‘lini bosib o‘tgansiz. Shubhasiz, juda dono bo‘lsangiz kerak. Ayting-chi, mana, men yosh va kuchliman-u, ammo hech qayerdan ish topa olmayapman, o‘g‘lim giyohvandlikka berildi, qizimni ham yaxshi tarbiyalay olmayapman, ayolim esa kun bo‘yi uyda o‘tirsa ham, hech qayerga qaramaydi. Xo‘sh, men bu vaziyatda qanday yo‘l tutishim kerak? Nima qilsam, bularning hammasini o‘zgartira olaman?

 

Qariya javob berdi:

 

– Eshiging ustiga kichkinagina taxtacha osib, unga “Hamisha shunday bo‘lavermaydi” deb yozib qo‘y.

 

– Shu xolosmi? – hayron bo‘ldi erkak.

 

– Shu xolos, – javob qildi keksa kishi.

 

U uyiga borib, qariya aytgandek qildi. Bir qancha vaqt o‘tgach, uning o‘g‘li giyohvandlikni tashladi va hatto qilgan ishi gunoh ekanini tan olib, tavba qila boshladi. Qizi yosh bilan yigit bilan yaxshi ko‘rishib, oila qurdi. Ayoli ham o‘zgardi va risoladagi bekaga aylandi. Erkakning o‘zi esa serdaromad ishga joylashdi va ko‘p o‘tmay, hatto mashina sotib oldi.

 

Kunlarning birida u tanish ko‘chadan o‘tib borayotib, ikki yilcha oldin keksa mo‘ysafidni uchratgan joyida to‘xtadi. Qariya hali ham shu yerda o‘tirgandi. Erkak uning oldiga yaqinlasharkan, mashinadan tushmagan holda, uning oynasini ochib, so‘z qotdi:

 

– Ha, boboy, haliyam o‘tiribsizmi? Men bo‘lsa, ko‘rib turganingizdek, ancha narsaga erishdim. O‘g‘lim giyohvandlikni tashladi, endi u taqvoli yigit, qizim sevib, sevilib turmushga chiqdi. Ayolim ham yaxshi rafiqaga aylandi. O‘zim ishga joylashdim va endi ishxonamda martabali boshliqman. Siz esa haliyam o‘shandek o‘tiribsiz, no‘noq chol! Xo‘sh, endi menga nima deb maslahat berasiz?

 

Bu gaplardan qariyaning chehrasi o‘zgarmadi, aksincha, u suhbatdoshiga xotirjam tikilgancha, dedi:

 

– Haligi taxtacha bor edi-ku, shuni olib tashlamagin…

5 Izohlar

Oynisa

06:01 / 01.01.1970

Oyning o'nbeshi yorug' o'nbeshi qorong'u. Hardoimham sizga omad kelavermaydi omad kelgan vaqti kibirga berlish kerak emas. Bu kunlarham o'tar ketar shuning uchun hardoim kamtar va boriga shukur qilib yashash kerak.

2230

06:01 / 01.01.1970

Hayotimizning mazmunli bo'lsin o‘z qo'limizda. Har bir fursat g‘animat, umrimizni behudaga sarflamaylik.

Javohir

06:01 / 01.01.1970

BU HIKOYA BU YILGI 9 SINF ONA TILI ADABIYOT IMTIHONI UCHUN OLINGAN

Madina

06:01 / 01.01.1970

To'gri hayotimiz har doimgiday shunday bolavermaydi lekin inson vaziyatdan chiqishni ham bilishi kerak menda shu vaziyatlar juda kop bolib turadi men bunda juda qiynalaman inson sabr qilsa hamma narsa oz holiga qaytadi buning uchun biz sabrli bolishimiz kerak faqat sabr bilan birgalikda harakat ham qilishimiz shart

Marjona

06:01 / 01.01.1970

Nima bólganda ham boriga shukur yóg'iga sabr qilib yashash kerak

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

19:05 / 13.05.2024 0 313
“Amudaryo”ning ma’nosi nima? “Jayxun”ning-chi?

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 1 371
Omad yosh tanlamaydi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 206082
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 96562
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22863
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 22210
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16833
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 16087
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 14457
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 12576
Ommaviy madaniyat