Eshikka osilgan taxtacha


Saqlash
20:12 / 02.12.2021 5 96562

 Bir kuni ko‘chada sayr qilib yurgan kishi yo‘l chetida o‘tirgan keksa odamni ko‘rib qoldi. U mo‘ysafidning qarshisiga kelib, murojaat qildi:

 

– Otaxon, ulug‘ yoshli inson ekansiz, anchagina uzoq hayot yo‘lini bosib o‘tgansiz. Shubhasiz, juda dono bo‘lsangiz kerak. Ayting-chi, mana, men yosh va kuchliman-u, ammo hech qayerdan ish topa olmayapman, o‘g‘lim giyohvandlikka berildi, qizimni ham yaxshi tarbiyalay olmayapman, ayolim esa kun bo‘yi uyda o‘tirsa ham, hech qayerga qaramaydi. Xo‘sh, men bu vaziyatda qanday yo‘l tutishim kerak? Nima qilsam, bularning hammasini o‘zgartira olaman?

 

Qariya javob berdi:

 

– Eshiging ustiga kichkinagina taxtacha osib, unga “Hamisha shunday bo‘lavermaydi” deb yozib qo‘y.

 

– Shu xolosmi? – hayron bo‘ldi erkak.

 

– Shu xolos, – javob qildi keksa kishi.

 

U uyiga borib, qariya aytgandek qildi. Bir qancha vaqt o‘tgach, uning o‘g‘li giyohvandlikni tashladi va hatto qilgan ishi gunoh ekanini tan olib, tavba qila boshladi. Qizi yosh bilan yigit bilan yaxshi ko‘rishib, oila qurdi. Ayoli ham o‘zgardi va risoladagi bekaga aylandi. Erkakning o‘zi esa serdaromad ishga joylashdi va ko‘p o‘tmay, hatto mashina sotib oldi.

 

Kunlarning birida u tanish ko‘chadan o‘tib borayotib, ikki yilcha oldin keksa mo‘ysafidni uchratgan joyida to‘xtadi. Qariya hali ham shu yerda o‘tirgandi. Erkak uning oldiga yaqinlasharkan, mashinadan tushmagan holda, uning oynasini ochib, so‘z qotdi:

 

– Ha, boboy, haliyam o‘tiribsizmi? Men bo‘lsa, ko‘rib turganingizdek, ancha narsaga erishdim. O‘g‘lim giyohvandlikni tashladi, endi u taqvoli yigit, qizim sevib, sevilib turmushga chiqdi. Ayolim ham yaxshi rafiqaga aylandi. O‘zim ishga joylashdim va endi ishxonamda martabali boshliqman. Siz esa haliyam o‘shandek o‘tiribsiz, no‘noq chol! Xo‘sh, endi menga nima deb maslahat berasiz?

 

Bu gaplardan qariyaning chehrasi o‘zgarmadi, aksincha, u suhbatdoshiga xotirjam tikilgancha, dedi:

 

– Haligi taxtacha bor edi-ku, shuni olib tashlamagin…

5 Izohlar

Mohina

06:01 / 01.01.1970

Inson doimo olgʻa intilib yashashi kerak bizning hayot yoʻlimiz har doim ham yaxshi yoki yomon boʻlavermaydi .Bir daqiqa ham insonni qashshoq yoki boy qilib qoʻyishi mumkin

Sabina

06:01 / 01.01.1970

Ustozimiz mana shu bayoni oʻqib berayotganda yigit moʻysafedni koʻrganda qanday munosabatda boʻlish haqida fikr soʻradilar barchamiz bir ovozda unga rahmat aytadi deb javob berdik ammo bu fikr xato ekan.Yigit moʻysafedga notoʻgʻri muomalada boʻlgan ekan ammo yigitning bu ishi xato edi.Uning hayotini yaxshi tarafga oʻzgarishga sababchi boʻlgan insonga yomon munosabatda boʻldi

Mashhura

06:01 / 01.01.1970

Barcba asardan olgan hulosasini taqdim etibdi, men esa "Hamisha shunday boʻlavermaydi" degan jumlaga toxtalmoqchiman. Ha toʻgʻri hamisha shunday bolmaydi, inson kambagʻal boʻlsa doim ham shundayligicha qolmaydi, boy bolsa ham huddi shu. Bu hikoyani asl mohiyati anglash qiyinu lekin menimcha aynan shu jumla uchun yozilgan...!

Shaxzoda isomova

06:01 / 01.01.1970

Aslida hayot shunchalikki kerakli vaqtda insonni qoqiltiradi yoki yordam qo'lini cho'zadi. Niyyat qilib amalga oshishini kutgan bilan uni amalga oshishi uchun harakat qiladigan odamlar alohidadir

Gafurova Ozodaxon

06:01 / 01.01.1970

Inson hayotda faqat va faqat Allohga ishonib yashashi kerak

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

19:05 / 13.05.2024 0 313
“Amudaryo”ning ma’nosi nima? “Jayxun”ning-chi?

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 1 371
Omad yosh tanlamaydi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 206085
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 96563
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22863
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 22210
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16835
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 16088
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 14457
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 12577
Ommaviy madaniyat