Eshikka osilgan taxtacha


Saqlash
20:12 / 02.12.2021 5 96563

 Bir kuni ko‘chada sayr qilib yurgan kishi yo‘l chetida o‘tirgan keksa odamni ko‘rib qoldi. U mo‘ysafidning qarshisiga kelib, murojaat qildi:

 

– Otaxon, ulug‘ yoshli inson ekansiz, anchagina uzoq hayot yo‘lini bosib o‘tgansiz. Shubhasiz, juda dono bo‘lsangiz kerak. Ayting-chi, mana, men yosh va kuchliman-u, ammo hech qayerdan ish topa olmayapman, o‘g‘lim giyohvandlikka berildi, qizimni ham yaxshi tarbiyalay olmayapman, ayolim esa kun bo‘yi uyda o‘tirsa ham, hech qayerga qaramaydi. Xo‘sh, men bu vaziyatda qanday yo‘l tutishim kerak? Nima qilsam, bularning hammasini o‘zgartira olaman?

 

Qariya javob berdi:

 

– Eshiging ustiga kichkinagina taxtacha osib, unga “Hamisha shunday bo‘lavermaydi” deb yozib qo‘y.

 

– Shu xolosmi? – hayron bo‘ldi erkak.

 

– Shu xolos, – javob qildi keksa kishi.

 

U uyiga borib, qariya aytgandek qildi. Bir qancha vaqt o‘tgach, uning o‘g‘li giyohvandlikni tashladi va hatto qilgan ishi gunoh ekanini tan olib, tavba qila boshladi. Qizi yosh bilan yigit bilan yaxshi ko‘rishib, oila qurdi. Ayoli ham o‘zgardi va risoladagi bekaga aylandi. Erkakning o‘zi esa serdaromad ishga joylashdi va ko‘p o‘tmay, hatto mashina sotib oldi.

 

Kunlarning birida u tanish ko‘chadan o‘tib borayotib, ikki yilcha oldin keksa mo‘ysafidni uchratgan joyida to‘xtadi. Qariya hali ham shu yerda o‘tirgandi. Erkak uning oldiga yaqinlasharkan, mashinadan tushmagan holda, uning oynasini ochib, so‘z qotdi:

 

– Ha, boboy, haliyam o‘tiribsizmi? Men bo‘lsa, ko‘rib turganingizdek, ancha narsaga erishdim. O‘g‘lim giyohvandlikni tashladi, endi u taqvoli yigit, qizim sevib, sevilib turmushga chiqdi. Ayolim ham yaxshi rafiqaga aylandi. O‘zim ishga joylashdim va endi ishxonamda martabali boshliqman. Siz esa haliyam o‘shandek o‘tiribsiz, no‘noq chol! Xo‘sh, endi menga nima deb maslahat berasiz?

 

Bu gaplardan qariyaning chehrasi o‘zgarmadi, aksincha, u suhbatdoshiga xotirjam tikilgancha, dedi:

 

– Haligi taxtacha bor edi-ku, shuni olib tashlamagin…

5 Izohlar

Azizbek

06:01 / 01.01.1970

Hotimiz turli past balandlikdan iborat.Uni qanday yengib o'tish o'zimizga bog'liq

Diyora

06:01 / 01.01.1970

Hayotda hamma narsa boʻlishi mumkin. Har doim toʻgʻri yoʻlni tanlash kerak

1111

06:01 / 01.01.1970

Hayotda mazza qilib emas yaxshiliklar qilib yashash va o'zimisdan yaxshi nom qoldirishimiz zarur. Va o'shandagina sen haqiqatdan ham yashagan hisoblanasan.

Shodiya

06:01 / 01.01.1970

Hayot deb atalmish bir imoratga kimdirlar bir g'isht qo'yib ketish uchun harakat qilsa, ba'zilar esa o'sha g'ishtni olib ketishni istashadi . Ammo u g'ishtni hech qayoqqa olib keta olmaydi, vaholanki o'zidan hayot degan imoratni buzdi degan nom qoldiradi. Ha , hayot bir tekis bo'lavermaydi albatta . Men hayotni bir okeanga o'xshataman chunki hayotda yaxshi - yomon , baland va past kunlar bo'ladi va manashu sinovlardan o'tish uchun biz doimo maqsadlarimiz tomon intilamiz harakat qilamiz. Okean ham huddi shunday balandga ko'tariladi yana pastga qaytib tushadi va quruqlik tomon intiladi. ,,Hamisha bunday bo'lavermaydi" ushbu hikoyadagi so'z ham huddi shunday. Biz doimo yaxshi yoki yomon kunlar orqali sinalamiz. Hikoyadagi erkak ham yomon kunlarni boshidan o'tkazdi , yaxshi kun kelganda esa mo'ysafidni haqorat qilib kibirlandi albatta bu kechirib bo'lmaydigan ish. Rostan ham , inson baxtli bo'lganida hech qachon yon atrofidagi insonlarning baxtsizliklarini, nimadan aziyat chekayotganliklarini ko'rmas , sezmas va bilmas ekan ya'ni baxtlilik uning ko'zini ko'r qilar ekan. O'zi baxtsizlikka uchraganida esa aksincha......

Anajon

06:01 / 01.01.1970

Yahsh❤️❤️ rostdan shunday bo'lavermaydi onam yonimda bo'lsaydi laykin endi u yo'q😭🤕

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

19:05 / 13.05.2024 0 313
“Amudaryo”ning ma’nosi nima? “Jayxun”ning-chi?

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 1 371
Omad yosh tanlamaydi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 206086
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 96564
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22863
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 22210
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16835
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 16088
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 14458
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 12577
Ommaviy madaniyat