Qozogʻiston maktablarida birinchi sinfdan boshlab rus tilini oʻrgatish bekor qilindi

Saqlash
16:08 / 17.08.2022 726 0

Yangi oʻquv yilidan boshlab Qozogʻistondagi maktablarda birinchi sinf oʻquvchilariga rus tilini oʻrgatish bekor qilindi. Bu haqda Qozogʻiston Taʼlim vaziri Asxat Aymagambetov maʼlum qilgan.

 

“Biz shunday qarorga keldik: ikkinchi va uchinchi tillarni oʻzlashtirish uchun bola oʻz ona tilida oʻqish va yozishni oʻrganishi kerak. Shuning uchun taʼlim davlat tilida olib boriladigan maktablarda birinchi sinfda bolalar faqat qozoq tilini oʻrganishadi. Ikkinchi sinfdan boshlab rus tili alohida fan sifatida boshlanadi va barcha maktablar uchun uchinchi sinfda ingliz tili oʻqitiladi”, deydi vazir.

 

Shu bilan birga, u birinchi sinfdan boshlab bolalarni mehnatga jalb qilish uchun mehnatga tayyorlash va tasviriy sanʼat fanlari joriy etilishini aytgan.

 

Musiqa fani doirasida bolalar oʻz xohishiga koʻra doʻmbira chalishni oʻrganishlari mumkin.

 

Ayni paytda, rus tilida oʻqiydigan birinchi va ikkinchi sinf oʻquvchilari dasturida ikkita fan – rus va qozoq tillari qoladi, uchinchi sinfdan ingliz tilini oʻrganishni boshlaydilar.

 

Hozirgacha maktablarda birinchi sinf oʻquvchilari bir vaqtning oʻzida uchta tilni – qozoq, rus va ingliz tillarini oʻrganishgan.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//