“Taraqqiyotga ishonish – taraqqiyot yuz berganiga ishonish degani emas”


Saqlash
11:11 / 05.11.2021 0 826

Frans Kafka

 

* * *

Haqiqat yo‘li – bamisli zamin uzra tortilgan dor. Chamasi, bu yo‘l ravon yurmoqqa emas, mudom qoqinib-to‘qinmoqqa mo‘ljallangan.

 

* * *

Bizni doim balolarga duchor etadigan ikki katta nuqsonimiz bor: besabrlik va beparvolik. Besabrligi sabab odam jannatdan badarg‘a etilgan, beparvoligidan esa u yerning yo‘llari taqa-taq berkilgan. Ehtimol, barchasi besabrlikninggina oqibatidir. Besabrlik orti­dan jannatdan quvildik, u sabab jannatdan mosuvomiz.

 

* * *

Yovuzlikning jilvagar vasvasasi – urushga da’vat etishidir.

 

* * *

Siring borligini aslo yovuzlikka boy berma.

 

* * *

Toshni nega buncha qattiq siqimlab olamiz? Uni imkon qadar uzoqqa itqitmoq uchun. Ammo tosh tushadigan joyga yo‘l ham olib boradi.

 

* * *

Kuchli raqib qarshisida vujudingda mislsiz jasorat jo‘sh uradi.

 

* * *

Maqsad bor-u, unga eltguvchi yo‘l yo‘q; yo‘l deb o‘ylaganimiz esa oxir-oqibat hech qaerga olib bormaydi.

 

* * *

Umr so‘qmog‘ida ba’zan nomaqbul ishlar qilishga ham to‘g‘ri keladi; maqbul amallarni esa azal peshonamizga bitib qo‘ygan.

 

* * *

Qahr-u g‘azabga erkingni berib qo‘ydingmi – tamom, u endi seni o‘z nag‘masiga o‘ynatgani o‘ynatgan.

 

* * *

Ezgulik – qaysidir ma’noda, halovatsizlik deganidir.

 

* * *

Ilgarilari nega savol beraman-u, javob ololmayman, deb hay­ron bo‘lardim, hozir esa so‘rashga qanday jur’at etgan ekanman, deb ajablanaman. Negaki men o‘ylab ham o‘tirmay shartta savol berar­dim-qo‘yardim-da.

 

* * *

Odam bolasi u qadar yovuz, battol emas aslida. U ko‘pincha orqa-oldi­ni o‘ylamay ish qiladi, og‘ziga kelganini qaytarmay gapiradi. Oqibat­da bilib-bilmay gunoh orttiradi, yomonotliq bo‘ladi.

 

* * *

Avval-boshdan shoh bo‘ladimi yoki unga chopar – ularning o‘z ixti­yoriga havola etilgan edi. O‘yin bolasi emasmidi, bari chopar bo‘l­moqni havas qildi. Shu bois hozir faqat choparlar bor, ular dunyo kezib, bir-biriga bema’ni xabarlarni yetkazish bilan ovora. Bari jon-jon deb bu g‘urbatdan voz kechgan bo‘lardi, lekin qasam ichmagan­mi, bunga jur’at etolmaydi.

 

* * *

Haqiqat – hayotning buyuk ne’matidir. U sotilmaydi, nasiyaga beril­maydi. U xuddi go‘zallik va muhabbat yanglig‘ insonga in’om etiladi.

 

* * *

Hamma narsa, hatto yolg‘on ham haqiqatga xizmat qiladi. Soya ham quyoshning borligiga ishora, axir!

 

* * *

“Bo‘lmoq” (sein) so‘zi olmon tilida ham mavjudlikni, ham kimgadir daxldorlikni anglatadi.

 

* * *

Taraqqiyotga ishonish – taraqqiyot yuz berganiga ishonish degani emas. Aks holda, bu aslo ishonch bo‘lmas edi.

 

* * *

Hayotning mazmuni uning abadiy ekanligidadir.

 

* * *

Mol-davlat – bevafo, bilaman, o‘zi omonat narsa boqiylikka qan­day da’vo qilsin?!

                                                              

 

Rus tilidan Shohsanam tarjimasi

 

                                                                                                                                                  “Tafakkur” jurnali, 2015 yil 1-son

Soya - quyosh borligiga ishoradir”

 

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qatra

15:06 / 20.06.2024 0 128
Tilni qanday saqlab qolamiz?

Bilasizmi?

12:06 / 13.06.2024 0 354
Nemislar qanday qilib sanitar tozalikka o‘rgatilgan?

Qatra

17:06 / 11.06.2024 0 524
Oriyat

Qatra

10:06 / 11.06.2024 0 1002
O‘g‘lim katta ishda ishlaydi…

Qatra

14:06 / 10.06.2024 0 726
XXI asrning qalampir maqoli



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 208336
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 98166
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 23991
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 23621
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 17642
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 16852
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 15696
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 13954
Ommaviy madaniyat

//