Kundalik ishlatiladigan buyumlarning siz bilmaydigan yashirin vazifalari


Saqlash
12:05 / 18.05.2023 0 1574

Sizda ham baʼzan shunday holat boʻlsa kerak: deylik, yillar davomida bir buyumdan foydalangansiz-da, toʻsatdan aslida ular qanday ishlatilishi haqidagi maʼlumotga koʻzingiz tushadi. Tan olish kerak, buyumlardan – ular maishiy texnikami, qulfmi, ahamiyatsiz – toʻgʻri foydalanish kichik boʻlsa-da muammolarimizni hal qilib beradi. Quyida siz kundalik buyumlarning yashirin vazifalarini bilib olishingiz mumkin.

 

1. Nima uchun mikrotoʻlqinli pechga qora toʻr oʻrnatiladi?

 

Hozir koʻp oilalar ovqat isitishda va tayyorlashda mikrotoʻlqinli pechdan foydalanadi. Ammo eshik qismidagi qora toʻr nima uchun oʻrnatilgani va uni yechib olish xavfli ekanini koʻpchilik bilmaydi. Gap shundaki, pechning oynasiga yopishtirilgan ushbu toʻr odamlar va hayvonlarni elektromagnit maydonlari zararidan himoya qilish uchun kerak.

 

 

 

2. Klaviaturadagi boʻrtmalarning vazifasi qanday?

 

Agar ayni paytda kompyuter yoki noutbuk tepasida boʻlsangiz, uning klaviaturasiga eʼtibor bering. Albatta, koʻzingiz F va J tugmalaridagi kichik boʻrtiqlarga tushadi. Ular nima uchun qoʻyilganiga hech qiziqqanmisiz? Ushbu boʻrtmalar foydalanuvchilarning klaviaturaga qaramay matn terishida qulaylik tugʻdirish uchun kerak. Buni sinab koʻring, koʻnikishingiz ozroq vaqt talab qilsa-da, keyinchalik klaviaturadan foydalanishingiz ancha yengillashadi.

 

 

 

3. Noutbuk simidagi silindr nima maqsadda qoʻyilgan?

 

Noutbukingiz simi oxiri katta silindrsimon ekanini payqagan boʻlsangiz kerak. Xoʻsh, bu nima uchun kerak? Ushbu moslama har qanday elektromagnit shovqinlarning oldini olishga yordam beradi. Misol uchun, noutbuk turgan xonada mobil telefoningizga qoʻngʻiroq boʻlgan paytdagi elektromagnit shovqinlarini bildirmaydi.

 


 

 

4. Mato parchasini solishdan maqsad nima?

 

Baʼzi kiyim-kechaklarning ichki qismida qoʻshimcha mato boʻlagi boʻlishini koʻrganmiz, koʻp hollarda buni oʻsha kiyimning yirtilgan joyiga yamoq sifatida ishlatish uchun deb oʻylaymiz. Aslida esa ushbu mato boʻlakchasi kiyimning yuvishda chidamliligini sinab koʻrish uchun qoʻshib qoʻyiladi.

 

 

 

5. Nima sababdan eshik tutqichlari asosan misdan yasaladi?

 

Siz kuniga necha marta eshik tutqichlaridan foydalanishingiz va nima uchun ular odatda misdan qilinganini bilasizmi? Gap shundaki, eshik tutqichlari orqali mikroblarning bir kaftdan ikkinchisiga oʻtib sayohat qilishi koʻp uchraydigan holat, mis esa ularning mikroblardan xoli boʻlishiga yordam beradi. Shunday qilib, agar uyingiz, ofisingizdagi eshiklarda bunday tutqichlardan foydalanmasangiz, ularni tezroq misdan yasalganiga almashtirishni maslahat beramiz.

 

 

 

6. Qulfdagi kichik teshik.

 

Agar qulfga diqqat bilan qarasangiz, uning pastki qismida kichik bir teshik borligini koʻrasiz. Bu mexanizm qulfning ichiga tushgan suyuqlik oqib chiqishiga imkon beradi. Bundan tashqari, qulfni zanglashdan asrash maqsadida moylash ham oʻsha teshik orqali amalga oshiriladi.

 

 

 

7. Jinsi shimlardagi kichik tugmalar.

 

Jinsi shim kiyadigan har bir kishi choʻntaklar yonidagi qoʻshimcha tugmachalarni payqagan, albatta. Bu aslida tugma-qistirmalar boʻlib, korjomasifat shimlarning bardoshli boʻlishi, eskirib yirtilmasligi uchun oʻrnatilgan strategik nuqtalardir. Bu afsonaviy Levi Straussning gʻoyasi boʻlib, u patentlangan.

 

 

 

8. Nima uchun samolyot illyuminatorlarida teshiklar bor?

 

Samolyotda uchgan boʻlsangiz, uning derazasidagi kichik teshiklarni koʻrgansiz va tabiiyki, xavotirga tushgandirsiz. Bu shamollatgichlar boʻlib, samolyot havoga koʻtarilganda salonda pasaygan bosimni xavfsiz va qulay darajada ushlab turishga yordam beradi. Ular sabab samolyot bosim tushib ketishiga bardosh bera oladi.

 

 

 

9. Daftar chetidagi qizil chiziq nimadan kelib chiqqanini bilasizmi?

 

Qogʻoz chetidagi chiziqning paydo boʻlish tarixini koʻpchilik bilmaydi. Oʻtmishda, kalamushlar koʻp boʻlgan davrlarda bu zararkunandalardan qogʻozlarni, ularning ichidagi maʼlumotlarni asrash zarurati tugʻilgan. Va shu tariqa bu chiziqlar paydo boʻlgan. Qiziq tarafi, kemiruvchilar chiziqli qogʻozlarning faqat chekkasini yeyishgan ekan. Albatta, chiziqlarning kalamushlarga “stop” chegarasi boʻlish vazifasi allaqachon oʻtmishga aylandi, endlikda ular hozir qogʻozni eskirishdan himoya qiladi.

 


 

 

10. Krossovkalardagi qoʻshimcha teshikning vazifasi qanday?

 

Bozorlarda, doʻkon peshtaxtalarida tepasida qoʻshimcha teshiklari boʻlgan krossovkalarga koʻp bor duch kelgan boʻlsangiz kerak. Xoʻsh, ular nima maqsadda qoʻyilganini bilasizmi? Agar oyogʻingiz qabariq paydo boʻlishiga moyil boʻlsa, bu qoʻshimcha teshiklar poyabzalingizni mahkam bogʻlashingizga yordam beradi. Shunchaki iplarni teshiklardan bir-biriga kesishtirib oʻtkazing. Bu sizga oddiy poyabzal bilan solishtirganda ancha qattiqroq ushlash imkonini beradi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

19:05 / 13.05.2024 0 313
“Amudaryo”ning ma’nosi nima? “Jayxun”ning-chi?

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 1 371
Omad yosh tanlamaydi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 206097
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 96578
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22863
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 22210
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16837
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 16090
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 14458
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 12580
Ommaviy madaniyat