“Poklanish davri keldi”


Saqlash
10:11 / 12.11.2021 0 759

 

Ozod Sharafiddinov

 

       Jamiyat iqtisodiy jihatdan har qancha qudratli bo‘lmasin, ma’naviy ustunlari zaif bo‘lsa,  u uzoq yashay olmaydi.

 

       XXI asrning bizga munosib asr bo‘lishini talab qilishdan avval biz o‘zimiz XXI asrga munosib bo‘lmog‘imiz kerak.

 

       Yolg‘on yuqumli kasaldek tez tarqaladi – unga bir marta yo‘l ochib berilsa, keyin seldek hamma yoqni qoplab oladi.

 

       Ilm-fansiz, ilg‘or texnologiyasiz, yuksak madaniy va ma’naviy saviyasiz bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatni qurib bo‘lmaydi.

 

       “O‘tmish yaxshi edi” yoxud “o‘tmish yomon edi” deya chamalab o‘tirishning o‘zi behuda gap. Lekin o‘tmishda biz o‘zimiz qandoq edik, undan qanday chiqdik va yangi asrga nima bilan kiramiz, degan savol o‘rinli.

 

       Odamlar biron bir ishni jinoyat kodeksidan qo‘rqqani, boshidagi qamchidan cho‘chigani vajidan emas, balki boshqacha yashashni tasavvur etolmagani – halollik, insof, diyonat ichki zaruriyatga aylangani uchun qilmog‘i lozim. Bunga erishmoq uchun esa hayotda ma’naviy qadriyatlar har qanday buyrug‘u ko‘rsatmalardan yuqori turmog‘i darkor.

 

       Poklanish davri keldi. Endi biz yangi jamiyatimizni muhabbat asosiga, insof va diyonat asosiga qurmog‘imiz kerak.

 

“Tafakkur” jurnali, 2019-yil 2-son

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qatra

15:06 / 20.06.2024 0 126
Tilni qanday saqlab qolamiz?

Bilasizmi?

12:06 / 13.06.2024 0 354
Nemislar qanday qilib sanitar tozalikka o‘rgatilgan?

Qatra

17:06 / 11.06.2024 0 523
Oriyat

Qatra

10:06 / 11.06.2024 0 1000
O‘g‘lim katta ishda ishlaydi…

Qatra

14:06 / 10.06.2024 0 726
XXI asrning qalampir maqoli



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 208327
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 98160
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 23990
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 23617
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 17641
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 16852
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 15695
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 13950
Ommaviy madaniyat

//