Men Haqning huzuriga ketdim. Qoʻlingdan kelsa borma!


Saqlash
13:06 / 05.06.2023 0 1367

Bir odam majbur boʻlib, tanish savdogarning oldiga qarz soʻrab bordi. Tujjor unga biror arzigulik narsani garovga qoʻysa, pul berishini aytdi. Ehtiyojmand kishi dehqonchilik qiladigan yerini savdogarning nomiga oʻtkazib, qarzni qaytarish vaqtini muayyan qildi. Yerning narxi olingan puldan ancha yuqori edi.

 

Qarzdor bir qancha vaqtdan soʻng ishlari oʻngidan kelib pul topdi va qarzini olib keldi. Ammo savdogar “Sening mendan qarzing yoʻq, bu yer meniki”, deb turib oldi. Bechora odamning qoʻlidan hech narsa kelmadi, oʻylayverganidan siqilib, yurak xurujiga uchradi. Oʻlimi aniq boʻlgach, oʻgʻlini yoniga chaqirib, qoʻliga bir qogʻozni berib, dedi:

 

“Agar vafot etsam, tobutimni oʻsha savdogarning doʻkoni oldidan olib oʻtib, ushbu qogʻozni unga berasan”.

 

Koʻp oʻtmay haligi kishi vafot etdi. Oʻgʻli uning vasiyatiga koʻra tobutni doʻkon oldidan olib oʻtayotib, savdogarning qoʻliga qogʻozni berdi. Tujjor xatni oʻqib, hushidan ketib yiqildi.

 

Xatda “Men Haqning huzuriga ketdim. Agar qoʻlingdan kelsa borma! deb yozilgan edi.

 

Muhammad Rotib NOBULSIY

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qomus

12:07 / 25.07.2024 0 323
Sanskritchani biladigan “baxshi”

Qomus

10:07 / 19.07.2024 0 393
Musiqa

Bilasizmi?

14:07 / 11.07.2024 0 419
“Oqshom”mi, “ag‘sham”?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 210657
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 99721
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 24802
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 24334
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 18234
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 17234
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 16396
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 14611
Ommaviy madaniyat

//