Mashhur yozuvchi va shoirlar ijod haqida


Saqlash
15:11 / 14.11.2021 0 2532

“Taassuf, shunday odamlar borki, asarni faqat yozuvchining xatolarini topish uchungina mutolaa qiladi”.

Vovenarg Lyuk de Klapye

 

“Har bir ijodkor o‘z asarida, beixtiyor, qaysidir ma’noda o‘zini tasvirlaydi”.

Gyote

 

“Ko‘pchilik yozuvchilar haqiqatni o‘zlarining eng katta boyligi deb hisoblaydi va aynan shuning uchun undan tejamkorlik bilan foydalanishadi”.

Mark Tven

 

“Yozuvchi yoshi bilan emas, boshi bilan ijod qilishini unutmaslik lozim”.

Migel de Servantes

 

“Birgina siyosiy tizim borki, unda yaxshi yozuvchi bo‘lishning aslo iloji yo‘q. Bu tizimning nomi - fashizm. Chunki, fashizm banditlar tomonidan boshqariladigan soxta jamiyatdir. Shu ma’noda, adabiyotga yolg‘on olib kirishni istamagan yozuvchi fashizm ostida na yashay, na ijod qila oladi”.

Ernest Xeminguey

 

“Yozuvchining missiyasi sivilizatsiyaning o‘z-o‘zini yo‘q qilishdan himoya qilishdan iborat”.

Alber Kamyu

 

“Ommaviy komediyachi” bo‘lishni istamagan har qanday yozuvchining yagona istagi - o‘z davri qadriyatlarini boyitish sanaladi va u har tomonlama bunga intilishi maqsadga muvofiqdir”.

Onore de Balzak

 

“Biz umuman tabib emasmiz, biz naq og‘riqning o‘zimiz”.

Aleksandr Gersen

 

“O‘zim uchun yozaman, pul uchun nashr qilaman”.

Aleksandr Pushkin

 

“To‘g‘ri, yozuvchi ko‘p yozishi kerak, faqat shoshilmaslik sharti bilan”.

Anton Chexov

 

“Yozuvchining birgina ustozi bor, bu - o‘quvchi”.

Nikolay Gogol

 

“Qalamni qo‘limga olishdan avval o‘zimga uchta savol beraman: nima yozmoqchiman, qanday yozmoqchiman va nima uchun yozmoqchiman?”

Maksim Gorkiy

 

“Fikrlar parvoz qiladi, so‘zlar esa odimlaydi. Bu yozuvchining haqiqiy azobidir”.

Jon Grin

 

“Yozuvchi bir vaqtning o‘zida ham tadqiqot, ham tajriba bilan shug‘ullanadi”.

Emil Zolya

 

“Yozuvchining tahayyuli eng oddiy tuyg‘ulardan dunyoga keladi”.

Andre Morua

 

To‘plovchi va tarjimon: Maqsuda Yo‘ldoshova

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qomus

12:07 / 25.07.2024 0 345
Sanskritchani biladigan “baxshi”

Qomus

10:07 / 19.07.2024 0 394
Musiqa

Bilasizmi?

14:07 / 11.07.2024 0 419
“Oqshom”mi, “ag‘sham”?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 210664
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 99728
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 24803
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 24340
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 18241
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 17236
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 16400
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 14614
Ommaviy madaniyat

//