Butun mamlakatga bitta aviakompaniya, tartibsiz ko‘chalar, milliy maktab formasi – ikki Koreyaning bir-biridan farqli qiyofalari


Saqlash
18:06 / 13.06.2023 0 1685

Ikkinchi jahon urushi dunyo geografik xaritasini qayta tuzib chiqdi. Ayrim mamlakatlar hududi yangi chegaralar bilan kengaydi, ba’zilari aksincha, o‘zining mustaqilligini qo‘lga kiritdi. Ammo shunday davlatlar borki, ularning peshonasiga ikkiga ajralib ketish yozildi. Xususan, fuqarolik urushi ichida qolgan Koreyaga shunday taqdir ravo ko‘rildi: avval Yaponiya tomonidan egallangan Koreys yarimorolining ikkiga ajralgan aholisi bir tarafdan sovet, ikkinchi tomondan AQSH harbiylari tomonidan “qutqarildi” va alohida ikki davlatga aylantirildi. Biri Koreya xalq demokratik respublikasi (uni Shimoliy Koreya sifatida taniymiz), boshqasi Koreya respublikasi (ya’ni, biz bilgan Janubiy Koreya). Oradan deyarli sakson yil o‘tdi, ikki mamlakat ikki xil taraqqiyot yo‘lini tanladilar va rivojlandilar. Endi ularni bir mahallar bitta davlat bo‘lganiga, bir millat vakillari ekanligiga ishonishning hech iloji yo‘q. Quyidagi suratlar sizga ikki mamlakatning farqlarini ko‘rishingizga yordam beradi.

 

Ufq

 

 

Ikki mamlakat poytaxti ufqiga nazar soling, ularning osmoni ikki xil ko‘rinadi, birinchidan Pxenyanda avtoulov kam bo‘lishiga qaramay, yuqori darajadagi chang qatlami ko‘zga tashlanadi. Bundan tashqari, shahar arxitekturasiga nazar solgan odam Shimoliy Koreyada zamonaviy binolar ko‘p, degan xayolga boradi.

 

Aeroport va aviakompaniyalar

 

 

Shimoliy Koreyada atigi bittagina, dunyodagi eng yomon deb tan olingan aviakompaniya xizmat ko‘rsatadi. Janubiy Koreyada esa juda ko‘plab aviatashuvchilar faoliyat yuritadi, boshqa davlatlarniki ham bisyor. Bundan tashqari, Shimoliy Koreyada parvozlar juda kam amalga oshiriladi, Janubiyda esa aksincha. Bu uning jahon iqtisodiyotidagi o‘rni, yana turizmni rivojlantirishga bo‘lgan urinishlari natijasidir.

 

Hukumat binolari

 

 

Shimoliy Koreya kommunistik mamlakat hisoblanadi va tabiiyki, bunday davlat propagandaga alohida urg‘u beradi. Propagandada hukumat binosining fasad qismidan ham foydalaniladi va bu unga alohida, unikal ko‘rinish beradi. Janubiy Koreya hukumat binosi esa boshqa binolardan ko‘p ham farq qilmaydi va shahar arxitekturasida umumiy rang ichidan ajralib turmaydi.

 

Tasviriy san’at

 

 

San’at propagandaning asosiy quloliga aylanganida taxminan Shimoliy Koreya kabi ko‘rinish oladi. San’at asarlari monitoring qilinib, senzuradan o‘tkaziladi. Shuning uchun ko‘pchilik rassomlar o‘z asarlarida davlat boshliqlarini tasvirlashga harakat qiladilar.

 

Ammo Janubiy Koreya ijodkorlari tasviriy san’atda keng qamrovni egallay olganlar. Ularning asarlarida muhabbatdan tortib vatanparvarlikkacha bo‘lgan mavzuni uchratish mumkin, muhimi ular o‘zlarini istaganlaridek ifoda qilish imkoniyatiga egalar.

 

Haykallar va monumentlar

 

 

Ikki mamlakatning madaniyati va siyosati alohida-alohida ekanligini ularning haykallariga qarab anglash mumkin. Masalan, Shimoliy Koreyada mamlakat tepasidagi shaxs xudodek azizlanishi sezilib turadi, haykallar mahobatli, top-toza, chiroyli. Janubiy Koreyada esa aksincha, shaxsdan ko‘ra xalq bosib o‘tgan voqealarga ko‘proq urg‘u beriladi, dard va alam, o‘kinch – fojia esdan chiqmasligi uchun  qo‘yilganligi his qilinadi.

 

Oziq-ovqat do‘konlari

 

 

Yana bir farq ikki mamlakatning do‘konlarida ko‘zga tashlanadi. Janubiy Koreyada do‘konlar o‘zining tartibli va ulkanligi bilan ajralib turadi. Yana kishilarning xarid qilish uchun qanday libosda chiqqanligiga ham e’tibor qiling: janubiylik ota ko‘chabop, qanaqadir tadbirga kiyingandek po‘rim, shimoliylik esa uybop kiyimda.

 

Transport – avtobuslar

 

 

Shimoliy Koreyada, ayniqsa qishloq joylarida qatnov uchun ajratilgan ulovlar yuk tashuvchi mashinalardir, sal ehtiyotsizlik oqibatida yukxonadan uchib tushish mumkin. Janubiy Koreyada esa ulkan va zamonaviy avtobuslar aholi xizmati uchun ajratilgan, havfsiz va qulayligi ko‘rinib turibdi.

 

Metro

 

 

Ikki mamlakatda ham yer osti transporti yo‘lga qo‘yilgan, ammo farqlar yetarlicha. Shimoliy Koreya metrosi devorlari davlat tomonidan ajratilgan san’at asarlari bilan bezalgan, mahobatli va o‘ta darajada chiroyli. Janubiy Koreya metrosi esa dunyoning boshqa ko‘plab metrolariga o‘xshashib ketadi va qatnovning tezligi bilan ajralib turadi.

 

Shaxsiy transport

 

Shimoliy Koreya ko‘chalarida shaxsiy transport vositalari juda kam. Buni mashinalarning o‘ta qimmatligi bilan izohlash mumkin. Shuning uchun aholi velosipedlardan foydalanadi.

 

 

Janubiy Koreyada esa bir joydan ikkinchi joyga tez yetib olish muhim, shu bois ko‘chalar ham shaxsiy, ham avtobuslar bilan liq to‘la va tabiiyki, tartibsiz.

 

Yemakxonalar

 

 

Shimoliy Koreya restoranlari deyarli bo‘m-bo‘sh, bu ulardagi xizmat ko‘rsatish ham ancha e’tiborli ekaniga olib kelgan. Janubiy Koreyada esa kishilar odatda uyda ovqatlanish tarafdori emas, shu bois oqshomlari ham ko‘chalar liq to‘lib ketishini ko‘rish mumkin, bundan tashqari ularda ko‘cha taomlari yaxshi rivojlangan.

 

Maktab formasi

 

 

Sharq mamlakatlari ta’limidagi asosiy xususiyat – urg‘uning ko‘pincha maktab formasiga berilishidir. Xususan, Shimoliy Koreyada ham xuddi shunday: bolalarning maktab formasida milliylik ufurib turibdi. Janubiy Koreya maktab formasi esa Yevropadagi xususiy maktablarinikini esga soladi. Yana bir farq: milliy formadagi qizning yuzi zamonaviy tengdoshidan farqli upa-elik ko‘rmagan.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

19:05 / 13.05.2024 0 313
“Amudaryo”ning ma’nosi nima? “Jayxun”ning-chi?

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 1 371
Omad yosh tanlamaydi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 206087
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 96564
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22863
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 22210
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16835
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 16088
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 14458
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 12577
Ommaviy madaniyat