“Shior yozilgan alvonlarni bir-biriga ulab, ko‘rpa qavilsa, Orolga yopqich bo‘ladi”


Saqlash
09:11 / 24.11.2021 0 951

 

Said AHMAD

 

– Istiqlolga o‘q otilmay, qon to‘kilmay erishilgan, degan kimsa adashadi. Mustaqillik bir yuz qirq yillik kurashda to‘kilgan toza qonlar evaziga qo‘lga kiritildi.

 

– Men shior yozgan alvonlarni bir-biriga ulab, ko‘rpa qavilsa, Orolga yopqich bo‘ladi.

 

– Nimagaki erishgan bo‘lsam, faqat mehnatim orqali erishganman.  Mashhurlik masalasida bir nima deyishim qiyin. Kim biladi, u balki mas’uliyat deganidir.

 

– Yozmoq kerak. Vaqti kelib, men ham ketarman. Esdaliklar o‘zim bilan ketmasin.

 

– Buyuk odamlar haqida gapirish balki osondir, qog‘ozga tushirish esa nihoyatda qiyin. Chunki aytilgan gap o‘sha joyida qolib ketar, yozilgani esa tarixga aylanishi mumkin.

 

– Hozir osmonda chaqnayotgan sonsiz yulduzlarning ko‘pi ming yillar oldin so‘ngan, ammo ularning nuri hali-hamon Yerga kelib turibdi.

 

– Butun ilhomini, talantini, bilimu bilag‘onligini xalqiga, xalqining orzu-umidlariga bag‘ishlamagan yozuvchi chinakam xalq yozuvchisi emas.

 

– Metin irodali ijodkor zamona zo‘rlariga egilmay, kurashib yashab, olamdan o‘tadi. Keyin uning asarlari ana shu haqiqat uchun kurashadi.

 

Said AHMADning “Yo‘qotganlarim va topganlarim”

kitobidan olindi.

 

So‘nmas yulduzlar yog‘dusi

“Tafakkur” jurnali, 2020 yil 2-son

IQTIBOS

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qomus

12:07 / 25.07.2024 0 347
Sanskritchani biladigan “baxshi”

Qomus

10:07 / 19.07.2024 0 395
Musiqa

Bilasizmi?

14:07 / 11.07.2024 0 419
“Oqshom”mi, “ag‘sham”?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 210666
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 99729
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 24803
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 24340
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 18241
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 17236
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 16400
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 14614
Ommaviy madaniyat

//