Dunyoda cheklangan miqdorda ruh hamda cheksiz miqdorda vujud bor – mashhur rus shoirasi Marina Svetayevadan iqtiboslar


Saqlash
15:07 / 28.07.2023 0 932

* * *

Bugun xayolimda shunday fikr charx uryapti: agar oʻsmirlik – bahor, yoshlik – yoz, oʻrta yosh – kuz, keksalik – qish boʻlsa, xoʻsh, unda bolalik nima? Menimcha, bolalik bir vaqtning oʻzida ham bahor, ham yoz, ham kuz, ham qishdir.

 

* * *

Bizning hayotimiz uch qismga boʻlingan: muhabbatni his qilish, muhabbatni yashash va muhabbatni xotirlash.

 

* * *

Insonlar bilan hech kelisholmayman. Chunki, ular menga ruhimni yoxud sukunatni tinglashimga hamisha toʻsqinlik qilishadi.

 

* * *

Men oʻzimga yaqin olgan odamlarimgagina qattiqqoʻlman.

 

* * *

Muhabbat juda gʻalati tuygʻu. U ochlik bilan oziqlanib, toʻqlik tufayli vafot etadi.

 

* * *

Qahqahang ham baʼzida ichingdagi iztirobni yashira olmaydi.

 

* * *

Baʼzi ayollarning na doʻsti, na oshiqlari boʻladi. Ularning doʻstlari tezda oshiqqa, oshiqlari esa doʻstga aylanishadi.

 

* * *

Baʼzan xonangdagi sukut momaqaldiroqdek gumburlaydi.

 

* * *

Har bir oʻqigan kitobing hayoting bir qismini oʻz ichiga oladi. Qanchalik koʻp oʻqisang, shunchalik yashashni xohlamay qolasan odam.

 

* * *

Odamlar senga tuhfa etmagan yagona narsa – sen ularsiz ham yashay olishingdir.

 

* * *

Ahamiyatsiz voqealar boʻlmaydi, faqat ahamiyatsiz odamlar boʻladi.

 

* * *

Ruh – hamma narsadan ulgʻayadi, ayniqsa yoʻqotish va yolgʻizliklardan.

 

* * *

Hayotdagi oʻrnimni yaxshi bilaman. U aniq oxirgisi emas, chunki hech qachon navbatda turmaganman.

 

* * *

Halol ayol halol ayolni yoqtirmaydi.

 

* * *

Muhabbat – qashshoqlik va tish ogʻrigʻidan boshqa hamma narsani yengoladi.

 

* * *

Vujud – ruhning panohidir. Shuning uchun uni toʻgʻri kelgan joyga sarflash notoʻgʻri.

 

* * *

Menga nuqtai nazar emas, nazarning oʻzi yetarli.

 

* * *

Yolgʻon gapirganimda oʻzimdan emas, meni bunga majbur qilgan odamdan nafratlanaman.

 

* * *

Dunyoda cheklangan miqdorda ruh hamda cheksiz miqdorda vujud bor.

 

* * *

Eskini yangilash kambagʻallarning, yangisini eskirtirish esa boylarning anʼanasi.

 

* * *

Hayot bilan muloqotdagi muhim narsa – uning savollari emas, bizning javoblarimizdir.

 

* * *

“U chiday-chiday sevardi...” Bu iborani yoqtiraman, biroq teskarisiga.

 

* * *

 

Faqat senga yot boʻlganiga duch kelasan, yaqiniga esa koʻngil qoʻyasan.

 

Toʻplovchi va tarjimon:

Rahmat BOBOJON

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

19:05 / 13.05.2024 0 313
“Amudaryo”ning ma’nosi nima? “Jayxun”ning-chi?

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 1 371
Omad yosh tanlamaydi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 206086
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 96564
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22863
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 22210
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16835
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 16088
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 14458
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 12577
Ommaviy madaniyat