Yaxshilik


Saqlash
17:11 / 27.11.2021 1 1294


Jazirama cho‘lda bir sahroyi tuya minib ketayotgan ekan.
Nogoh chanqoqlikdan lablari qurib, yorilib ketgan bir kimsaga duch kelibdi. Sahroyini ko‘rgan kimsa chanqoqlikdan zo‘rg‘a tili aylanib, bir qultum suv so‘rabdi.
– Suvsizlikdan o‘lar holatga yetdim, menga rahm qiling, – debdi yalinib.
Sahroyi tezda tuyasidan tushib hamrohiga suv uzatibdi. Suvni ichib, joniga ora kirgan kimsa kutilmaganda sahroyini itarib yuboribdi va uning tuyasiga mingancha qocha boshlabdi. Sahroyi uning ortidan baqiribdi:
– Mayli, tuyam seniki bo‘la qolsin, roziman. Lekin sendan bir iltimosim bor. Bu voqeani zinhor hech kimga aytmagin.
Bu istakdan taajjublangan qaroqchi bir zum to‘xtab sababini so‘rabdi.
– Agar aytsang, ushbu xabar hamma yoqqa ovoza bo‘lib ketadi. Oqibatda insonlar ikkinchi bor cho‘lda muhtojlarni ko‘rganida yordam bermay qo‘yishadi, – debdi sahroyi.

1 Izoh

Amonmurod

11:02 / 09.02.2024

Tuyani sahroyi ijaraga olgan boʻladi va yoʻlda tuyani egasi koʻrib qoladi va soʻraydi tuyani qayerdan olding deydi qaroqchi nima deyishni bilmaydi va doʻstimdan oldim deydi va tuyani ijaraga bergan odam undan doʻsting kim deb soʻraydi va qarochi oʻgʻri ekanligi biinadi shundan keyin odamlar sahroda qolgan odamlarga yordam bermaydi

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qomus

12:07 / 25.07.2024 0 354
Sanskritchani biladigan “baxshi”

Qomus

10:07 / 19.07.2024 0 397
Musiqa

Bilasizmi?

14:07 / 11.07.2024 0 419
“Oqshom”mi, “ag‘sham”?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 210668
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 99734
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 24803
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 24341
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 18242
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 17238
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 16402
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 14615
Ommaviy madaniyat

//