Ikki yarim million dollardan voz kechgan rassom – sanʼat tarixidagi qiziqarli voqealar


Saqlash
19:08 / 22.08.2023 1 751

Ikki yarim million dollardan voz kechgan rassom

 

Polshalik rassom Mark Rotko abstrakt ekspressionizm yoʻnalishini puxta egallagani va suratlarining noodatiyligi bilan shuhrat qozongandi. Ammo u 30 yillik hayoti davomida hamisha qashshoqlikdan aziyat chekkan, koʻplab moliyaviy muammolarga duch kelgan. Bir kuni Manxettenda joylashgan “Four seasons" nomli hashamatli restoran egalari Rotkoga rasm chizib berishni, buning uchun 35 ming dollar (bugungi kunda 2,5 million dollar) toʻlashga tayyor ekanligini bildiradi.

 

Rotko “U yerga kelgan boyvachchalar sanʼatini tushunmaydi”, deya taklifni rad etadi. Ammo keyingi 10 yil davomida muntazam davom etgan qashshoqlik tufayli koʻp marotaba oʻz joniga qasd qilishga urinadi.

 

 

 

Pikassoning nafrati

 

Zamonaviy tasviriy sanʼatning koʻzga koʻringan vakili Pikassoning “Gernika” asarini hamma ham tushuna olmaydi. Kimlardir “Bu yerda ajablanarli nima bor, buni men ham chiza olaman”, deyishi mumkin. Ammo uning oʻz tarixi bor.

 

Pikasso Fransiyadagi eski uylardan biridagi ustaxonasida ishlardi. Taʼkidlash joizki, rassom suratlaridan xavotirlanganlarning bosimiga koʻp bora duch kelgan. 

 

 

Ular rassomning ustaxonasiga muntazam ravishda kelib, hamma narsani koʻzdan kechirishgan. Tashriflardan birida nemis ofitserlaridan biri ustaxonada aylana boshlaydi. Shu payt u stol ustidagi suratlardan biriga koʻzi tushadi. U rasmni tushunolmaydi va Pikassoga yuzlanib:

– Bu rasmni siz chizganmisiz? – deya soʻraydi.

Pikasso:

– Yoʻq, siz chizgansiz! – deya javob qaytaradi.

 

Oʻsha suratda kichik shaharga bir kechada 6000 ta bomba tashlangani tasvirlangandi. Qizigʻi,  "Gernika"da oʻshanda hech qanday xavf-xatar boʻlmagan. U erda kambagʻal dehqonlar yashagan xolos. Nemislar esa shaharni tag-tugi bilan yoʻq qilib yuborishgandi.

 

Pikasso tuhfasini sharobga almashtirgan rassom

 

Fikret Mualla Turkiyaning eng buyuk rassomlaridan biri boʻlgan. Juda ogʻir hayot kechirgan Mualla notinch hayotdan qutulish ilinjida oʻzini rasm chizishga bagʻishlaydi. U maktabda ispan grippiga yoʻliqadi. Undan kasallikni yuqtirib olgan onasi esa koʻp vaqt oʻtmay vafot etadi. Natijada Mualla umrining oxirigacha oʻzini onasining oʻlimida aybdor deb hisoblagan. Kamiga onasi vafot etgach, otasi yosh juvonga uylanadi. Shunday qilib, rassomda ruhiy muammolar paydo boʻlgan.

Fransiyadagi katta koʻrgazmada barcha asarlari sotilgan Mualla mashhur rassom Pikassoning eʼtiboriga tushadi. Rasmlardan hayratga tushgan ijodkor uning suratlaridan birini sotib oladi va oʻz asarini Muallaga tuhfa qiladi. Afsuski, Mualla keyinchalik sovgʻa qilingan ushbu suratni bir shisha sharobga almashtirib yuboradi.

 

 

 

 

Notoʻgʻri tushunilgan ozodlik

 

Mashhur rassom Ejen Delakrua fransuz inqilobini odamlarning koʻchada erkin yurishiga tahdid, deb hisoblagan. “Uch mushketyor” asarining muallifi, yozuvchi Alkesandir Dyuma bir kuni uni koʻchada uchratib qoladi va u haqida “biroz uyatchan ekan” degan toʻxtamga keladi. Xoʻsh, unda qanday qilib hech narsaga aralashmagan odam inqilob ramziga aylangan mashhur surat muallifiga aylangan?

 

 

Gap shundaki, Delakrua hamisha inqilobni tanqid qiluvchi asar yaratish haqida oʻylagan. Maqsad inqilobchilarni yuksaltirish emas, aksincha, qirollikni saqlab qolish edi. Agar u chizgan oʻsha mashhur suratga diqqat bilan qarasak, rassom inqilobni ulugʻlamagani, hatto inqilobchilar yaxshi odam emasligini koʻrsatishga harakat qilganini ilgʻaymiz. Suratda odamlar oʻldirilgan askarlardan oʻgʻirlangan kiyimlarni kiyib, har tarafga yugurishayotgani tasvirlangan. Tabiiyki, rasm senzuraga uchraydi. Inqilobdan keyin boshqaruvni qoʻliga olgan maʼmurlar “Bu inqilob quyi tabaqa tufayli amalga oshirilganini koʻrsatadi”, deya asarni eʼlon qilishga yoʻl qoʻyishmagan. Ammo vaqt hamma narsaga hokim.

 

Birinchi rinoplastika

 

Mikelanjelo har doim haykaltaroshlikda ham tasviriy sanʼatdagi mahoratini koʻrsatishga uringan. Holbuki, uning Sikstin kapellasi devorlariga chizgan ajoyib suratlari yasagan haykallarini dogʻda qoldiradi.

Dovud haykali uning eng mukammal asarlaridan biri. Dovud aslida diniy shaxs emas. U Isroil zaminida birinchi imperiya barpo etgan imperialist edi. Ishonish qiyin boʻlsada, Mikelanjelo bu haykalni tepadan pastga – sochidan boshlab yasagan. Bir kuni buyurtmachi jarayonni kuzatish uchun keladi va:

 

– Sizningcha, uning burni shunchalik kattami? Menimcha, biroz kichraytirgan maʼqul, – deydi.

 

 

Mikelanjelo qanchalik tushuntirishga urinmasin, buyurtmachi uning aytganlarini eshitmaydi. Shunda rassom poldan bildirmaygina marmar changini oladi va zinadan koʻtarilib, haykalning burni yoniga chiqadi. Xuddi burunni tuzatayotgandek harakatlar qiladi, soʻng qoʻlidagi changni asta yerga toʻkadi. Oxirida esa qolgan changni buyurtmachining yuziga puflab “Endi, yaxshimi?» deya soʻraydi.

Haligi kishi bundan mamnun boʻladi va tabassum bilan “Ajoyib” deya javob beradi. Ammo Mikelanjelo haykalning burniga hech qanday oʻzgartirish kiritmagandi.

 

Toʻplovchi va tarjimon:

Rahmat BOBOJON

 

 

 

 

1 Izoh

O'g'iloy

18:08 / 27.08.2023

Juda qiziqarli malumotlar agar fakt bõlsa. Men Pikassoning "Gernika asari haqida kõproq bilishni istayman, agar imkoni bôlsa, bu rasm meni 4 yildan beri qiziqtiradi. U haqida kõp ôqigan bõlsamda yana koproq bilishni va tushunishni xohlayman.

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

19:05 / 13.05.2024 0 313
“Amudaryo”ning ma’nosi nima? “Jayxun”ning-chi?

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 1 371
Omad yosh tanlamaydi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 206090
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 96569
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22863
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 22210
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16837
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 16089
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 14458
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 12577
Ommaviy madaniyat