“Men yaralishimdayoq insonparast edim”


Saqlash
09:11 / 29.11.2021 3 1030

Alixonto‘ra SOG‘UNIY

 

– Vatanim  meni  suymas  ekan,  men  uni  sevganligimdan,  ulusim  meni  tanimas   ekan,  men  uni  taniganligimdan,  Vatan  ustida  bolayotgan  tarixiy  ozgarishlarni  va  ham  buning  kelajakdagi  yaxshi-yomon  natijalarini  korsatib,  Vatan  bolalariga  ulgu  (namuna)  bolgudek,  boshqalar  bundan  ibrat  olgudek  tarixiy  bir  asar  yozishga  kirishdim.  Biroq,  men yolg‘izgina islomparast emas edim, balki yaralishimdayoq insonparast edim. Xalqqa qaysi yo‘lliq yaxshilik qila olgayman deb, yoshlik-yigitlik davrlarimni g‘am-g‘ussa kunlari bilan o‘tkazdim.

 

 

– Qaysi bir millatning ona tili o‘z hojatini o‘tayolmay, boshqa yot tillar oldida mag‘lubiyatga uchrab tiz bukar ekan, unday millat ko‘p uzoqlamayoq, insoniy huquqlaridan ajragan holda hayot daftari ustiga inqiroz qalami chekilishi shubhasizdir. Unday millatlar yolg‘izgina Vatanlaridan emas, balki butun borlig‘i bilan tarix yuzidan yo‘qolishga majbur bo‘ladilar.

 

– Dunyoda kim yaxshilik ko‘rsa, o‘zining yaxshi mehnati sabablik Allohdin bo‘lur, agar yomonliq ko‘rar ekan, albatta, uni o‘zidan bilsin, o‘zidan ko‘rsin.

 

– Iymonlik kishilarga har vaqt ulug‘ davlat nasib bo‘lg‘usidir.

 

– Bir  millat  o‘z  hayotiy  huquqlarini  kerakli  sharoiti  bilan  qo‘lga  keltirishi  uchun,  u   millatning  oliy  himmat  o‘gillari  fidoyilarcha  mol-jonini  ayamay,  bu  yo‘lda  har  qancha  qiyinchilik chiqar ekan unga qarshi ko‘krak kerib, chidamliq bilan ish olib borar ekanlar, ana  shundagina  haqiqatni  yuzaga  chiqarib,  o‘z  maqsadlariga  erisha  oladilar.  Himmati  o‘zidan oshmagan olimlarning butun qilgan harakatlari hayvonlarcha qorin to‘yg‘azishgagina bog‘langan bo‘lib, ular irodasiz, inson suratlik janivorlardir. O‘z tillarini unutib,  muqaddas  dinlarini  hammadan  ilgari  tashlagan  holda,  ular  ilon  og‘ziga  kelgan  quyondek yutilishga yaqin turadilar.

 

– Endi  dushmanga  yutilishdan  saqlanishning  eng  kuchlik  quroli  esa,  shu  ikki  narsadan  iborat:  birinchisi  diniy  ixlos,  ikkinchisi  milliy  hisdir.  Qaysi  millat  bu  hislarga  halal  yetkizmay  yaxshi  saqlar  ekanlar,  unday  millat  dushman  tomonidan  yutilib  ketilishi  mumkin  emasdir.

 

– Endi bu hissiyotimizni doimiy ravishda saqlab qolishimiz uchun, zarur  tillarni  o‘zlashtirganimiz  ustiga,  o‘z  ona  tilimizga  qattiq  ahamiyat  berib,  milliy  adabiyotimizni  yuqori  ko‘tarib,  ilm  va  madaniyat  tillari  darajasiga  yetkazishimiz lozim. Mana shundagina bizlar oldimizda og‘iz ochib tayyorlanib yotgan qizil ajdarhoning yutishidan o‘zimizni saqlay olamiz. Til-adabiyotimiz qanchalik o‘sib, taraqqiy topar ekan, ilm ma’rifat ham shunchalik kengayaveradi.

 

– Hozirgi  o‘qimishlik,  tushungan  Vatan  bolalarimiz,  agar  milliy  hislik  bo‘lmas  ekanlar,  ulardan  bizga,  ya’ni  o‘z  xalqiga  foyda  yetishi  hech  vaqt  mumkin  emasdir.  Balki  bolta  sopini o‘zimizdan chiqargan yov qo‘lida tub ildizimiz bilan kesib quritishga qurol bo‘ladilar.  U  holda  esa  o‘zlaridan  umid  etilgan  vatan  o‘gillarining  qo‘llari  bilan  vatan  ahllarini  ko‘mishga  chuqur  qaziladi  demakdir.

 

 

 

“Turkiston qayg‘usi” kitobidan

 

3 Izohlar

Жамила Шаропова

06:01 / 01.01.1970

Алихонтўра Соғунийнинг тилимиз,миллатимиз ҳақида жон куйдириб гапирганлари,хали ҳам бизнинг оғриқли нуқтамиздир.Ўзбек бўла туриб ўз тилида гапиришни билмайдиган ёшларимиз кўпайиб кетмоқда.Ота - оналар қалбидаги ,СССр давридаги маънавий бўшлиқ туфайли тилимизга путур етмоқда.Ўз миллати томонидан қадрланмаган тилни бошқа миллат қадрлармиди?

Asadova F

06:01 / 01.01.1970

Ha juda to'g'ri haqqoniy gaplar,dunyoda faqat o'zini o'ylaganlar oxirida yolg'izlikka mahkum bolib qoladi.Bunga tarix guvoh.Millatimizning asl farzandlari hali ham bor ,faqat ular hashamatli tadbirlarning ortida qolib ketmoqda...

Muminov A'zamjon

06:01 / 01.01.1970

Juda ham yahshi, va achinarli holaylar

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qomus

12:07 / 25.07.2024 0 330
Sanskritchani biladigan “baxshi”

Qomus

10:07 / 19.07.2024 0 393
Musiqa

Bilasizmi?

14:07 / 11.07.2024 0 419
“Oqshom”mi, “ag‘sham”?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 210659
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 99725
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 24803
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 24335
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 18235
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 17234
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 16396
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 14612
Ommaviy madaniyat

//