Mashhur turk shoirlari hayotidan qiziqarli voqealar


Saqlash
10:10 / 12.10.2023 0 2030

* * *

Mahkamada shifokor Najib Fozilga oʻdagʻaylabdi:

– Seni boshqa oldimda koʻrmay, xoʻpmi?

Shoir hozirjavoblik bilan debdi:

– Jonim shifokor, nima, pensiyaga chiqmoqchimisiz?

 

* * *

Taniqli shoir Yahyo Kamol bir kuni tepalikka chiqayotib charchab qoladi. Tepalik boshidagi kafedan girgitton baqiradi:

– Xush kelibsiz, bey, nimadir olasizmi?

– Bolam, imkoni boʻlsa, biroz dam olishni istayman.

 

* * *

Kunlarning birida bir odam taniqli shoir Najib Fozil Kisakurakka shunday deydi:

– Fransiyada chiqqan ensiklopediyaga faqat ikki shoirning nomini kiritishibdi.

Shoir darhol soʻraydi:

– Xoʻsh, kim ekan oʻsha ikkinchi shoir?

 

* * *

Bir kuni Najib Fozil Kisakurakdan soʻrashibdi:

– Ustoz, shaxsiy avtomobilingiz bormi?

Shoir biroz oʻylab, shunday debdi:

– Unga eng oxirida minaman.

 

* * *

Bir kun Jon Yujel doʻsti bilan Bodrumga yoʻl oladi. Avtobus yoʻlda kichik dam olishga ruxsat beradi. Besh daqiqadan soʻng hamma avtobusga qaytadi, birgina Jon Yujeldan boshqa. Hamma uni axtarishga tushadi. Birozdan soʻng u qoʻlida bir paket koʻtargancha, avtobusga chiqadi. Chiptachi savol beradi:

– Jon afandim, qayerda edingiz? Barchamiz sizni qidirdik.

– Raki olishga ketgandim.

– Axir oʻzi besh daqiqalik tanaffus bergandik.

– Bilaman, mana, shuning uchun ham kichkina shishaligidan oldim.

 

* * *

Jon Yujelning 70 yoshlik yubileyida boshlovchi hazil bilan unga soʻz berib, shunday deydi:

– Soʻz turkcha bilan oʻynashgan shoir Jon Yujelga!

Mikrofonni olgan shoir shunday javob qaytaradi:

– Adashding bolam, men turkcha bilan emas, turkcha men bilan oʻynashadi.

 

***

Mashhur shoir Nozim Hikmat qamoqxonada jazo muddatini oʻtayotganida Adliya vazirligidan bir odam hibsxonani tekshirishga keladi. Qamoqxona boshligʻidan Nozim Hikmat bilan uchrashtirishni soʻraydi. Shoirni chaqirishadi. Qisqa suhbat davomida vazirlik odami shoirga oʻtirishini taklif qilmaydi. Suhbat tugagach ketishiga ruxsat beradi. Shoir eshikdan chiqayotib ortiga oʻgiriladi va tekshiruvchidan soʻraydi:

– Umar Hayyomni taniysizmi?

– Albatta, uni tanimay boʻladimi?!

– Unda, ayting-chi, Umar Hayyom davrida mamlakat podshohi kim boʻlgan?

U kutilmagan savoldan gangib qoladi va javob berolmaydi. Shunda Nozim Hikmat unga deydi:

– Koʻrdingizmi, ijodkorni esladingiz, podshohini eslamadingiz. Vaqti kelsa, na Adliya vazirligini eslashadi, na sizni, ammo meni hamisha yodda saqlashadi. Shoir soʻzini tugatib ketadi. Tekshiruvchi xatosini tushunadi, biroq shoirni qancha chaqirmasin u ortiga qaytmaydi.

Toʻplovchi va tarjimon:

Rahmat BOBOJON

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

18:06 / 25.06.2024 0 358
Mashrabning “o‘rtar”i

Bir kuni...

17:06 / 24.06.2024 0 277
Ajina ismli qiz

Qatra

15:06 / 20.06.2024 0 292
Tilni qanday saqlab qolamiz?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 209305
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 98815
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 24496
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 23951
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 17899
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 17000
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 16003
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 14240
Ommaviy madaniyat

//