“Hayotimda birinchi marta maktubsiz imzo oldim” – jahonga mashhur adibdan latifalar


Saqlash
09:12 / 02.12.2021 0 1187

Mashhur yozuvchi va shoirlarning ko‘pchiligi nafaqat o‘zining asarlari, balki yumorga boy hayoti va latifalari bilan o‘qirmanlarning yodida qolgan. Mashhur amerikalik yozuvchi Mark Tven haqida ham ana shunday hayotiy latifalar mavjud. Ulardan bir nechtasini e’tiboringizga havola etamiz.

 

* * *

Kunlardan bir kun tahririyatida Mark Tven anonim xat oladi. Maktub bitta so‘zdan iborat edi: “Cho‘chqa”.

Ertasi kun Mark Tven o‘z gazetasida quyidagicha xabarni chop qiladi: “Men vaqti-vaqti bilan imzosiz maktublar olaman, kecha hayotimda birinchi marta maktubsiz imzo oldim”.

 

* * *

Mark Tven do‘stlari orasida o‘zining parishonxotirligi bilan nom qozongandi. Odatiy kunlarning birida poyezdda ketayotganida kupega nazoratchi kirib keladi va biletlarni tekshira boshlaydi. Uni ko‘rib shoshib qolgan Mark Tven yo‘l chiptasini qidira boshlaydi, cho‘ntaklarini qancha titkilamasin baribir topa olmaydi.

Yozuvchini tanib qolgan nazoratchi unga qarab:

– Janob, aslo tashvishlanmang, qaytayotganimda ko‘rsatarsiz mayli. – deydi, – Agar topolmasangiz ham hech qisi yo‘q, bu katta muammo emas...

Mark Tven uning gapini cho‘rt kesib, norozilik bildiradi:

– Qanaqasiga muammo emas, axir la’nati chiptani topmasam qayerga ketayotganimni qanday bilaman.

 

* * *

Bir kuni Mark Tvendan:

Hech otangizning so‘zini ikki qilganingizni eslay olasizmi? deya so‘rashadi.

– Eslayman, eslayman... – deya javob beradi ziyrak yozuvchi, – Bir safar otam axloqsiz joylarga qadam bosmasligim kerakligini qattiq tayinladi. Men uning gapiga kirmadim, shunday joyga bordim va uning o‘zini eshik oldida navbat kutayotganini ko‘rdim.

 

* * *

Bir safar Mark Tven o‘z gazetasida bir ishbilarmon haqida juda qattiq tanqidga olingan maqolasini nashr qiladi.

Maqola quyidagi so‘zlar bilan yakunlangandi: “Janob N. hatto yuziga tupurishlariga ham loyiq emas”.

Bu xabardan Janob N. tabiiyki g‘azab otiga minadi hamda gazetani sudga berib, muharrirdan raddiya va uzr so‘rashini talab qiladi. Sud qarorini yaxshi anglagan Mark Tven mojarolar tugagach quyidagicha raddiya e’lon qiladi: “O‘tgan sonimizda Janob N.ning hatto yuziga tupurishlariga ham loyiq emasligini yozgan edik. Xatomizni tan olamiz va uzr so‘raymiz. Janob N. yuziga tupurishlariga loyiq”.

 

* * *

Kunlardan bir kun do‘stlaridan biri Mark Tvendan pul qarz olib, to‘lash vaqti borasida: “Agar omon qolsam, keyingi oy shu vaqtgacha to‘layman”, deya va’da beradi. Biroq aytilgan vaqtdan juda ko‘p o‘tib ketsa-da do‘stidan, olingan puldan sas-sado bo‘lmaydi. Oradan biroz vaqt o‘tgach yozuvchi o‘z gazetasida jo‘rasi haqida quyidagicha maqolani chop etadi:

“Qadrdon og‘aynim Garri Dunkanning vafoti munosabati bilan uning oila a’zo va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiraman. O‘shanda mendan 500 dollar qarz olgandi. Ketar chog‘ida omon qolsam, bir oydan keyin qaytaraman, deya va’da bergandi. Mening aziz do‘stim Garri hamisha o‘z so‘ziga sodiq bo‘lgan va u vafot etgani uchun pulni qaytarib berolmaganiga shubha yo‘q.

Joyi jannatda bo‘lsin!..”

Butun shahar bu maqoladan boxabar bo‘ladi va “rahmatli” do‘sti topiladi, yozuvchi pulini qaytarib oladi.

 

Rus tilidan

Rahmat BOBOJON tarjimasi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

19:05 / 13.05.2024 0 324
“Amudaryo”ning ma’nosi nima? “Jayxun”ning-chi?

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 1 388
Omad yosh tanlamaydi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 206122
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 96607
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22920
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 22265
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16867
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 16117
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 14523
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 12638
Ommaviy madaniyat