Qashshoqlik va qarzdan qutilish uchun yozilgan kitoblar – Mashhur asarlar haqidagi qiziqarli faktlar


Saqlash
14:10 / 31.10.2023 0 1367

Biz qayta-qayta oʻqiydigan, tarixda iz qoldirgan asarlar haqida qiziqarli faktlar bor. Quyida eʼtiboringizga shulardan bir nechtasini havola etamiz.

 

“Gulliverning sayohatlari” – Jonatan Svift

Yozuvchi “Gulliverning sayohatlari” romanida Mars sayyorasining ikki yoʻldoshi borligi va ularning sayyora atrofida aylanish tezligi haqida toʻxtalib, oʻz hisob-kitoblarini qogʻozga tushiradi. XX asrda astronomlar zamonaviy texnik vositalar yordamida bu hisoblar toʻgʻriligini tasdiqlashdi. Texnik vositalar hali rivojlanmagan paytda yozuvchining jarayonni bu qadar toʻgʻri hisoblagani hali hamon savol ostida.

 

“Xoʻrlaganlar” – Viktor Gyugo

Romantizm jarayonining eng koʻzga koʻringan namoyandalaridan biri Viktor Gyugoning “Xoʻrlanganlar” asarini mutolaa qilganlar undagi uzun jumlani yaxshi bilishadi. Aniqroq aytganda, u 823 ta soʻzdan iborat, 3 betni egallagan va u fransuz adabiyotidagi eng uzun jumla hisoblanadi.

 

“Sherlok Xolms” – Artur Konan Doyl

Yozuvchi Artur Konan Doyl qashshoqlikdan qutulish ilinjida “Sherlok Xolms” asarini qalamga olgan. Ehtimol, u boy hayot kechirganida, biz ushbu afsonaviy romanni hech qachon oʻqimagan boʻlardik.

 

“Urush va tinchlik” – Lev Tolstoy

“Urush va tinchlik” romani nusxa koʻchirish mashinkalari ixtiro qilinishidan oldin yozilgan. Shu sababli Tolstoyning rafiqasi asar qoʻlyozmasini 7-marta qoʻlda koʻchirishga majbur boʻlgan.

 

“Tom Soyerning sarguzashtlari” – Mark Tven

 

Taniqli yozuvchi, hajviy asarlar ustasi Mark Tven “Remington” kompaniyasining yozuv mashinkasini sotib olgan birinchi mijozlaridan edi. Shu sabab “Tom Soyerning sarguzashtlari” asariga jahon adabiyotida mashinkada yozilgan birinchi kitob sifatida qaraladi.

 

“Qimorboz” – Fyodor Dostoyevskiy

Adib “Qimorboz” asarini qimordagi qarzini toʻlash uchun atigi 25 kunda yozib tugatgan. Oʻsha paytda u roman yozishga vaqti yetmay, stenograf yollashga majbur boʻladi. Buni qarangki, yozuvchi oradan ikki yil oʻtib oʻsha stenograf – Anna Grigorevna bilan turmush qurgan.

 

“Lolita” – Vladimir Nabokov

 

Vladimir Nabokovning “Lolita” romani AQSH, Angliya va Lotin Amerikasi mamlakatlarida taqiqlab qoʻyilgan. Ammo, qiziq bir maʼlumot bor: roman AQSHda taqiqlangan dastlabki ikki hafta ichida noqonuniy shaklda 100 ming nusxadan koʻp sotilgan.

 

Rahmat BOBOJON

tarjimasi

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qomus

12:07 / 25.07.2024 0 323
Sanskritchani biladigan “baxshi”

Qomus

10:07 / 19.07.2024 0 393
Musiqa

Bilasizmi?

14:07 / 11.07.2024 0 419
“Oqshom”mi, “ag‘sham”?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 210654
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 99718
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 24801
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 24331
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 18233
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 17233
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 16395
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 14608
Ommaviy madaniyat

//