Tubanlik


Saqlash
13:11 / 06.11.2023 0 837

Tubanlik – 1) past holatga egalik, pastkashlik; 2) koʻchma maʼnoda, tuban shaxsga xos holat – xususiyat; tuban xatti-harakat, razolat. Tubanlikka borish yoki tubanlikka ketish – tuban holat, xususiyat kasb etishni, tubanlashishni anglatadi. “Tubanlik” soʻzi salbiy xislat boʻlgani “pastlik”, “pastkashlik” soʻzlari bilan uygʻunlashib ketadi. “Pastkash odamlardan haq soʻzni eshitib boʻlmaydi. Tagi past odam eʼtiborga noloyiqdir. U hech qachon yaxshini eʼtiborga olmaydi. Oʻzining yomon feʼlini yaxshi koʻrgan pastkash, muqarrarki, xalq orasidagi yaxshilarni yoqtirmaydi. Odamlarning qilmishlaridan ayb axtargan odamning oʻzi aybsiz boʻlishi mumkin emas. Kishining barcha xayollari buzuq boʻlsa, toʻgʻri fikrdagi odamlarning hammasiga hasadchi boʻladi. Odamlarning xursandchilikdan ichgan mayini qon deb biladi, taajjubki, oʻzi ham ichkisi kelib hasrat bilan qon yutadi. Naqd boylikning ofati oʻgʻri boʻlganidek, yaxshilar hasadgoʻy odamlardan doim ozor tortishadi”, – deydi Alisher Navoiy. Insonga oliy fazilatlardan yana biri bosiqlik, halimlikdir. Aksincha, yomonlik, tubanlik, yuzsizlik eng yaramas xislatlarga kiradi (M.Qoshgʻariy. Devon).

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qomus

12:07 / 25.07.2024 0 348
Sanskritchani biladigan “baxshi”

Qomus

10:07 / 19.07.2024 0 396
Musiqa

Bilasizmi?

14:07 / 11.07.2024 0 419
“Oqshom”mi, “ag‘sham”?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 210666
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 99729
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 24803
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 24340
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 18241
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 17238
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 16400
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 14615
Ommaviy madaniyat

//