Umidvorlik


Saqlash
09:11 / 08.11.2023 0 330

Umid(vorlik) (forscha ishonch; orzu, tilak, istak) – biror istakning amalga oshishiga boʻlgan ishonch; ishonch bilan kutish; eʼtiqod. 1. Biror narsa qilishga, biror narsaga erishishga boʻlgan intilish, ichki hissiyot; istak, orzu, niyat. 2. Biror narsaga umid bogʻlamoq, orzu qilgan narsaning amalga oshishiga, bunda birovning koʻmagiga umid bilan qaramoq. Umidvor holat, umidli holatda boʻlish, umid bilan qarash. Bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy-ijtimoiy islohotlar jarayonida Umidvorlik tuygʻusi bilan yashash va mehnat qilish ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi Bu esa, eng avvalo, kelajagimiz poydevori boʻlgan – yoshlar ongida ijtimoiy ong, yangicha tafakkurni shakllantirish, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish va uni faoliyatning har qanday sohalarida amalga oshirish uchun imkoniyatlar yaratib berish, yoshlarni huquqiy jihatdan himoyalashni yoʻlga qoʻyishni taqozo etadi. Shubhasiz bu jarayon oʻz-oʻzidan ziddiyatlarsiz, shaxs ongi va turmushiga aks taʼsir etuvchi omillarning faollashuvisiz sodir boʻlmaydi. Buning oldini olish uchun esa jamiyatda demokratik tartiblarni, yangicha turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan qonunlar qabul qilish bilan birga, har bir shaxsda yuksak maqsadlar bilan yashash koʻnikmasini hosil qilish, ularda hayotga mehr-muhabbat, porloq kelajakka umid-ishonch tuygʻularini uygʻotib borish talab etiladi.

 

Oʻz ahdiga sodiq, yashashdan maqsadi nima ekanligini aniq bilgan kishigina, mashhur ruhshunos S.L.Rubinshteyn aytganidek, “hayot subyekti boʻla oladi”. Hayotiy maqsad shaxsni, xususan yoshlarni hayotdagi rejalarini aniqlab olishga va shu reja asosida yashashga, oʻz jamoasi, yurti, Vatani hayotiga befarq qaramasdan, muammolarni hal etishda faol ishtirok etishga, ijtimoiy-tarixiy jarayonlar, islohotlar subyekti boʻlishga; yangi munosabatlarni shakllantirishga, milliy qadriyatlarni tiklashga; oʻzini-oʻzi tarbiyalashga, butun salohiyati va imkoniyatlaridan samarali foydalanishga; atrofdagilarni ham faol yashashga undashga, hayotni maʼnoli, ijtimoiy foydali va maqsadli qilishga yetaklaydi. Bunday toifadagi kishilar jamiyat hayotida sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarga sergak nigoh tashlaydi, ularga ongli munosabat bildira oladi, zararli fikr va gʻoyalarga ergashib ketavermaydi. Ularning hayoti joʻshqin, faoliyati yuksak, mehnati unumli va foydali boʻladi, gʻoyibona ruhiy madad, istiqbolli yangi gʻoyaviy fikrlar ularni amaliy-ijodiy yoʻllarga chorlaydi. Yoshlardagi bunday ezgu fazilatlarni avaylab-asrash, ularning hayotga umid va ishonch tuygʻulariga zavol yetkazmaslik komil insonni shakllantirishda muhim oʻrin tutadi. Komillikka intilish esa har bir insonning muqaddas orzusidir.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qatra

15:06 / 20.06.2024 0 126
Tilni qanday saqlab qolamiz?

Bilasizmi?

12:06 / 13.06.2024 0 354
Nemislar qanday qilib sanitar tozalikka o‘rgatilgan?

Qatra

17:06 / 11.06.2024 0 523
Oriyat

Qatra

10:06 / 11.06.2024 0 1001
O‘g‘lim katta ishda ishlaydi…

Qatra

14:06 / 10.06.2024 0 726
XXI asrning qalampir maqoli



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 208333
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 98162
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 23991
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 23620
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 17642
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 16852
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 15695
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 13953
Ommaviy madaniyat

//