Umuminsoniylik


Saqlash
11:11 / 08.11.2023 0 737

Umuminsoniylik – inson, jamiyat, davlat va boshqalar uchun umumiylik kasb etuvchi hayot mezonlari, taraqqiyot tamoyillari va qonuniyatlari, umumiy qoida va tartiblarni ifodalovchi tushuncha. Mazkur tushuncha hayotning turli jihatlari, xilma-xil ijtimoiy sifat va xususiyatlarning umuminsoniy xarakterga ega ekanini anglatadi. Bu tushuncha turli sohalarda namoyon boʻladigan xalqaro andozalar, butun jahon ahamiyatiga molik jarayonlar, dunyoning barcha hududlariga xos voqea-hodisalarga nisbatan ham qoʻllanadi. Bir soʻz bilan aytganda, “Umuminsoniylik” odamlar uchun umumiy boʻlgan mezonlar, obyektiv holatlar, xususiyatlar, shart-sharoitlar va boshqalarni oʻzida aks ettiradigan tushuncha sifatida ishlatiladi. Umuminsoniylik odamzodning yashashi, umrguzaronligi, amaliy faoliyati, insoniyat hayotining eng umumiy sohalariga tegishli boʻlgan maʼnaviy tamoyillar, talab va hodisalar bashariyatning oʻtmishi, buguni va kelajagini, yashashning yoʻnalishlari, qonun-qoidalari, talab va tartiblarini, odamlarning eng azaliy orzu-umidlari va ideallarini oʻzida aks ettiradi. Umuminsoniylik jamiyat aʼzolarining barchasi uchun umumiy ahamiyat kasb etadi, insoniyat hayotida roʻy berayotgan oʻzgarishlar, kishilarning amaliy faoliyati, yashash tarzi, boshqalarga munosabati ham ushbu mezonga mos kelishi yoki mos kelmasligiga qarab baholanadi. Mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi davrida umuminsoniylik jamiyat va davlat qurilishini isloh qilish, hayotning barcha sohalarida tub oʻzgarishlarni amalga oshirishning eng asosiy tamoyili sifatida namoyon boʻlmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qomus

12:07 / 25.07.2024 0 317
Sanskritchani biladigan “baxshi”

Qomus

10:07 / 19.07.2024 0 393
Musiqa

Bilasizmi?

14:07 / 11.07.2024 0 419
“Oqshom”mi, “ag‘sham”?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 210645
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 99709
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 24801
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 24330
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 18232
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 17232
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 16395
Xarakter

Qomus

10:09 / 26.09.2023 3 14607
Ommaviy madaniyat

//